Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim faoliyat turlari davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkaziladi
Atrof-muhitga past darajada xavfli va mahalliy darajada ta’sir ko‘rsatadigan faoliyat turlarini davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Foto: Depositphotos
“Atrof-muhitga past darajada xavfli va mahalliy mahalliy darajada ta’sir ko‘rsatadigan faoliyat turlarini davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Atrof-muhitga past darajada xavfli va mahalliy darajada ta’sir ko‘rsatadigan faoliyat turlarini davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlanadi.
Bunda, quyidagilar nazarda tutiladi:
atrof-muhitga past darajada xavfli va mahalliy darajada ta’sir ko‘rsatadigan faoliyat turlarini davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazish uchun arizalarni Davlat xizmatlari markazi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) hamda vakolatli davlat organining rasmiy veb-sayti orqali taqdim etish;
atrof-muhitga past darajada xavfli va mahalliy darajada ta’sir ko‘rsatadigan faoliyat turlarini davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazishda, ariza beruvchilarning xohishiga ko‘ra, atrof-muhitga ta’sirni baholash to‘g‘risidagi anketa asosida taqdim etish.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda:
mazkur davlat xizmati davlat xizmatlari markazi, YaIDXP va vakolatli davlat organining rasmiy veb-sayti orqali ko‘rsatilishini ta’minlaydi;
YaIDXP hamda vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida davlat xizmatlarini ko‘rsatishning har bir bosqichida ariza beruvchilarning murojaatlari ko‘rib chiqilishini kuzatib borish imkoniyatini joriy etadi.
Mavzuga oid

17:37 / 13.05.2025
“Na ketishni bilamiz, na qolishni” - boysunliklar gaz hidi haqida

20:33 / 28.04.2025
BMT O‘zbekiston tashabbusi bo‘lgan rezolyutsiyani qabul qildi

17:06 / 28.04.2025
“Sudlashib, Toshkentdagi mingdan ziyod daraxtlarni asrab qolganmiz” - ekofaol Alisher Nasimov

13:47 / 28.04.2025