«Ramshtayn» ishtirokchilari Ukrainaga uzoq muddatli yordam va’da qildi
Ukraina ittifoqchilari mamlakatga uzoq muddatli yordam haqida va’da berdi va Kiyev yaqin kelajakda oladigan yangi qurollarni muhokama qildi.

Foto: AFP/Getty Images
Ukraina mudofaasi bo‘yicha aloqa guruhining o‘n beshinchi yig‘ilishi («Ramshtayn» formati) Ukrainani «uzoq muddatda ishonchli va qobiliyatli jangovar kuchlarni» yaratishda qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlandi, dedi 19 sentabr, seshanba kuni AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin. 50 mamlakatdan kelgan yuqori lavozimli siyosatchilar va harbiy amaldorlar AQSh harbiy-havo kuchlarining Germaniyadagi bazasida uchrashib, Ukrainaning qarshi hujumini muhokama qildi. «Jasoratli ukrainalik askarlar Rossiya armiyasining mustahkam chizig‘ini yorib o‘tmoqda, vaqt esa Rossiya tomonida emas», deya ta’kidladi Pentagon rahbari.
O‘z navbatida, Germaniya Mudofaa vazirligi qoshidagi parlament davlat kotibi Simte Myoller yaqin oylar sovuq havo va yomg‘irli mavsum boshlanishi sababli Ukraina Qurolli kuchlari uchun «juda og‘ir» bo‘lishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya joriy yil oxirigacha 10 ming ukrainalik harbiyni tayyorlash niyatida. Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius koronavirusga chalingani uchun so‘nggi daqiqada uchrashuvdagi ishtirokini bekor qildi. Bir kun oldin u Berlinning Ukrainaga yangi harbiy yordam paketini e’lon qildi - 400 million yevrolik. Simte Myoller uchrashuv chog‘ida ushbu paketga birinchi navbatda o‘q-dorilar, shuningdek, qishki formalar va elektr generatorlari kirishini ta’kidladi.
«Ramshtayn» uchrashuvida ilk bor Ukrainaning yangi mudofaa vaziri Rustem Umerov ishtirok etdi. Lloyd Ostin sentabr oyi boshida lavozimidan chetlatilgan sobiq vazir Oleksiy Reznikovga «qattiq mehnati va fidoyiligi» hamda «erkin Ukraina uchun qilgan barcha ishlari» uchun minnatdorchilik bildirdi.
«Ramshtayn» ishtirokchilari Ukraina uchun qurollarni muhokama qildi
AQSh mudofaa vaziri Amerikaning M1 Abrams tanklari yaqin orada Ukrainaga yetib borishini ma’lum qildi. Joriy yil boshida Vashington Kiyevga 31 ta tank topshirishga va’da bergan edi. AQShning yuqori martabali harbiy amaldori AFP agentligiga uchrashuv chog‘ida M1 Abrams’ning birinchi partiyasi «yaqin kunlarda» Ukrainaga jo‘natilishi va jarayon yaqin bir necha hafta ichida yakunlanishini aytdi. Tanklar 120 mm kalibrli zirhni teshuvchi kam boyitilgan uranli o‘q-dorilar bilan jihozlanadi. Lloyd Ostin, shuningdek, ittifoqchilarni Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlari va raketalarni yetkazib berishga alohida e’tibor berishni davom ettirishga chaqirdi.
Chexiya, Daniya va Niderlandiya Ukrainaga yangi qurol-yarog‘ yetkazib berishini e’lon qildi, jumladan, Sovet Ittifoqida ishlab chiqarilgan 15 ta modernizatsiya qilingan T-72YeA tanklari, shuningdek, zirhli transport vositalari, havo hujumidan mudofaa tizimlari va o‘q-dorilar topshiriladi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Janubiy Koreya hukumati aholiga 110 dollardan tarqatadi
Jahon | 16:46
-
Turkiyada uchta katta shahar rahbarlari hibsga olindi
Jahon | 16:16
-
Toshkentda elektr uzilishlari ko‘paydi. HET buni “qishga tayyorgarlik” bilan izohladi
O‘zbekiston | 15:51
-
YUNISEF: Ukrainada tobora ko‘proq bolalar urush qurboniga aylanmoqda
Jahon | 15:44
Mavzuga oid

14:30
Ukraina sobiq mudofaa vaziri Reznikovning uyida tintuv o‘tkazildi

12:45
NBC: AQShdagi tekshiruvda qurol-yarog‘ taqchilligi aniqlanmadi

18:38 / 04.07.2025
Rossiyaning yozgi yurishi: Ukrainadagi vaziyat bir oy ichida qanday o‘zgardi?

13:50 / 04.07.2025