«Tashabbusli budjet» loyihasining 2-mavsumi g‘oliblari e’lon qilindi
Ushbu mavsum uchun tuman (shahar) budjetlari hisobidan 1,02 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilgan.

Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda «Tashabbusli budjet» loyihasining 2-mavsumi g‘oliblari rasman e’lon qilindi.
Loyihada g‘oliblar ro‘yxatini sayt orqali tekshirib imkoniyati mavjud. Bundan tashqari, g‘oliblarga SMS xabar ham yuboriladi.
27 avgustdan «Tashabbusli budjet»ning 2023 yil 2-mavsumidagi loyihalarga ovoz berish boshlangandi.
Bu mavsumda respublika bo‘ylab 9426 ta mahalladagi infratuzilma yaxshilanishi uchun jami 49 464 ta taklif kelib tushgan, ulardan 33 631 tasi ovozga qo‘yilgandi.
Ushbu mavsum uchun tuman (shahar) budjetlari hisobidan 1,02 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilgan.
Jamoatchilik fikri orqali hududlardagi ijtimoiy muammolarni hal qilishga mo‘ljallangan «Tashabbusli budjet» loyihasining ikkinchi mavsumi 17 iyuldan boshlangandi.
Mavzuga oid

00:58 / 11.03.2025
«Tashabbusli budjet» loyihalariga ovoz berish boshlandi

21:16 / 27.01.2025
1 fevraldan «Tashabbusli budjet»ning 1-mavsumi boshlanadi

13:13 / 16.01.2025
«Tashabbusli budjet»ga ayrim o‘zgarishlar kiritildi

19:34 / 14.09.2024