Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Temur Kapadze - Hongkong ustidan g‘alaba, Eron bilan bo‘lajak o‘yin, tarkibdagi rotatsiya haqida
O‘zbekiston olimpiya jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze Osiyo Kubogi U-23 saralashi 2-turidan o‘rin olgan Hongkongga (10:0) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Barchani g‘alaba bilan tabriklayman. Muxlislar ajoyib tarzda qo‘llab-quvvatlashdi. Rahmat.
Eronga qarshi o‘yin? Buni kichik final desa ham bo‘ladi. Raqibni o‘rganyapmiz. Ularning har bir chizig‘ida yaxshi o‘yinchilar yig‘ilgan. Ammo bizda ham ajoyib tarkib bor.
Afg‘oniston va Hongkong? Solishtirsak, afg‘onlar agressivroq harakat qilib, jang berishdi. Umuman olganda, ikkalasi ham himoyadan o‘ynaydigan jamoalar. Aslida bunday jamoalarga 8-10ta gol urish oson emas.
Ikki o‘yinda ikki xil tarkib tushirdik. Sababi — klubida o‘yin amaliyotisiz qolib ketayotgan futbolchilarni formaga qaytarish. Bu — milliy jamoa. Raqobat bo‘lgani yaxshi. Rotatsiya qila olyapmiz. Asosiy futbolchi degan narsa yo‘q. Eron bilan o‘yinda kimni asosiy tarkibda tushirish — bizning «boshog‘rig‘imiz». Muhimi, kim qancha o‘ynasa ham, o‘sha daqiqalardan unumli foydalanishi kerak.
Po‘latxo‘ja Xoldorxonov tarkibga olinmagani? Faqat 23 futbolchini kirita olardim. Holatidan kelib chiqib, 6 nafar hujumkor o‘yinchini tanladik. Po‘latxo‘jani bilamiz, u hali kelajakda milliy jamoalarga ko‘p foyda keltiradi», — deya Kapadzening so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.
Ma’lumot uchun, so‘nggi turda 12 sentabr kuni O‘zbekiston va Eron guruh g‘olibini aniqlashadi. Ikkala jamoa ham dastlabki ikki turda g‘alaba qozondi. Hozircha to‘plar nisbatiga ko‘ra Temur Kapadze jamoasi peshqadam bo‘lib turibdi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston-Vengriya maxsus industrial zonasi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 10:16
-
Rossiya Markaziy banki ketma-ket ikkinchi marta asosiy stavkani pasaytirdi
Jahon | 10:01
-
G‘azoning ayrim hududlarida harbiy harakatlar har kuni 10 soatga to‘xtatiladi
Jahon | 09:37
-
Parkentda Koreya andozalari asosida "Chashma" etno qishlog‘i tashkil etildi
O‘zbekiston | 09:25
Mavzuga oid

20:01 / 09.06.2025
Qatar biz uchun noqulay raqib, lekin undan kuchlimiz – Temur Kapadze

14:32 / 29.03.2025
“Mening vazifam futbolchilarning ishini osonlashtirish” – Temur Kapadze

15:16 / 25.03.2025
JCh-2026 saralashi: Eronga qarshi o‘yin oldidan

17:29 / 22.03.2025