O‘zbekiston milliy baleti Moskvadagi Katta teatrda o‘z spektaklini namoyish etadi
10 sentabr kuni Rossiya Katta teatrining tarixiy sahnasida O‘zbekiston Madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi ko‘magida Moskva shahri aholisi va mehmonlari uchun «Lazgi. Qalb va muhabbat raqsi» baleti namoyish etiladi.

Foto: iStock
Rossiyaning mashhur «Argumenty i fakty» gazetasida «Moskvada ilk bor O‘zbekiston milliy baleti «Lazgi. Qalb va muhabbat raqsi» namoyish etiladi» sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Maqolada 10 sentabr kuni Rossiya Katta teatrining tarixiy sahnasida O‘zbekiston Madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi ko‘magida Moskva shahri aholisi va mehmonlari uchun «Lazgi. Qalb va muhabbat raqsi» baleti namoyish etilishi ma’lum qilingan.
Nashrda qayd etilishicha, taniqli nemis xoreografi va baletmeysteri Raul Raymondo Rebek tomonidan sahnalashtirilgan ushbu spektakl YuNeSKO tomonidan insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan qadimiy xalq raqsi «Lazgi»ga bag‘ishlangan.
Maqolada taniqli nemis xoreografi va baletmeysteri Raymondo Rebekning an’anaviy qadimiy raqsni mumtoz balet elementlari bilan uyg‘unlashtirgan mazkur ajoyib spektakli tomoshabinlarga Sharqning barcha hashamati va Buyuk ipak yo‘lining ulug‘vor sehrini taqdim etishi ta’kidlangan.
Mavzuga oid

08:20 / 14.03.2025
NBC: Tramp Rossiyaning iltimosiga ko‘ra Kellogni muzokaralardan chetlashtirdi

17:25 / 06.03.2025
Moskva aeroportida Uzbekistan Airways samolyoti shikastlandi

22:26 / 02.03.2025
Moskva viloyatidagi savdo markazida otishma yuz berdi. Uch kishi jarohat oldi

13:48 / 31.01.2025