Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yangi o‘g‘it zavodi qurilishi boshlandi
Zavod Buxoro viloyatidagi eng yirik ishlab chiqarish obektlaridan biriga aylanadi.
Finlandiyaning EastCham-Finland savdo palatasi elektron axborot portalida «O‘zbekistonda yangi mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish zavodining qurilish ishlari boshlandi» sarlavhali maqola fin tilida e’lon qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
«Kiprning Ferkensco Management Limited investitsiya kompaniyasi O‘zbekistonning Qorako‘l tumanida o‘g‘it ishlab chiqaruvchi zavod qurmoqda, – ma’lum qilingan nashrda. – Zavod 2026 yilning yanvar oyidan ammiak va karbamid ishlab chiqarishni boshlaydi».
Materialda «Qorako‘lkimyo azotli o‘g‘itlar zavodi» nomi bilan mashhur bo‘lgan mazkur korxona o‘tgan yili tashkil etilgan «Qorako‘l» maxsus iqtisodiy zonasi tarkibiga kirishi ta’kidlangan.
Maqolada ushbu zavod Buxoro viloyatidagi eng yirik ishlab chiqarish obektlaridan biriga aylanishi qayd etilgan.
«500 dan ortiq kishi ish bilan ta’minlangan korxonada yiliga 495 ming tonna ammiak va 594 ming tonna karbamid ishlab chiqariladi. Xomashyo sifatida gaz, havo va bug‘ ishlatiladi. Zavod qurilishi 2023 yilning so‘nggi choragida, ishlab chiqarish 2026 yilning yanvarida boshlanishi kutilmoqda», deb yozgan fin elektron nashri.
Zavodni barpo etish uchun kiritilayotgan investitsiyalar hajmi 600 million dollarga teng.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron Xitoydan havo hujumidan mudofaa tizimlarini sotib oldi - OAV
Jahon | 21:29
-
Starovoyt o‘zini o‘ldirishi Kurskda mudofaa inshootlari qurilishidagi o‘g‘irliklar bilan bog‘lanmoqda. Bu haqda nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16
-
Shavkat Mirziyoyev «Gazprom neft» kompaniyasi rahbari Aleksandr Dyukov bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 21:15
-
Rossiya USAID muqobilini tashkil qilmoqchi
Jahon | 20:58
Mavzuga oid

17:57 / 19.06.2025
Tarvuz tarkibidagi nitratlar: hozirgi tarvuzlarni yesa bo‘ladimi?

15:23 / 19.03.2025
AQShda humanoid robotlar o‘ziga o‘xshash mashinalarni yaratadigan zavod ochilmoqda

14:59 / 03.03.2025
Ufada neftni qayta ishlash zavodi yonib ketdi

21:34 / 31.01.2025