Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Marhum shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf taqdirlangan oliy orden uning o‘g‘liga topshirildi
Qurbon hayiti arafasida prezident Shavkat Mirziyoyev farmoniga muvofiq marhum Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf “Oliy Darajali Imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlangan edi. 30 avgust kuni ushbu mukofotni marhum shayxning o‘g‘li, shayx nomidagi masjid imom-xatibi Ismoil Muhammad Yusuf Ko‘ksaroyda prezident Shavkat Mirziyoyevdan qabul qilib oldi.

Foto: Muslimaat.uz
Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroyda O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan taqdirlanganlarga davlat mukofotlarini topshirmoqda. Ular orasida diniy ulamolar ham bor. Prezident matbuot xizmati marhum Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf taqdirlangan orden uning o‘g‘liga topshirilgani haqidagi videoni e’lon qildi.
27 avgustda e’lon qilingan farmonda shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf “o‘zining serqirra faoliyati hamda beqiyos ilmiy-ma’rifiy merosi bilan islomiy tafakkur va madaniyatni ravnaq toptirish, muqaddas dinimizning ulug‘ insoniy g‘oyalarini xalqimizga yetkazish, mashhur ulamolarimizning bebaho asarlarini chuqur tadqiq etish, turli mamlakat va o‘lkalarda keng targ‘ib qilish borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, xalqaro miqyosda dinlararo muloqotni yo‘lga qo‘yish, millat va elatlar o‘rtasida hamjihatlik va ahillikni mustahkamlash, jamiyat hayotida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga qo‘shgan ulkan hissasi, diniy va dunyoviy bilimlarni puxta egallagan yetuk mutaxassislarni tayyorlash, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi alohida xizmatlari uchun” mukofotlangani ma’lum qilingan.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf 1952 yil 15 aprelda Andijon viloyatida tug‘ilgan. Buxoro shahridagi Mir Arab madrasasida, Toshkentdagi imom Buxoriy nomli Islom oliy ma’hadida, Liviyaning Tripoli shahridagi Islomiy da’vat fakultetida tahsil olgan. O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasi va Oliy ma’hadda turli lavozimlarda faoliyat yuritgan ulamo 1989 yilga kelib O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasi muftiysi lavozimiga tayinlangan.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf 1989 yilda sobiq sovet Oliy Kengashiga deputat etib saylangach, sobiq ittifoq prezidenti Mixail Gorbachyov va Oliy Kengashga ittifoq musulmonlarining huquq va erkinliklarini ta’minlash yuzasidan bayonnoma taqdim etgan. Uning Gorbachyov bilan bevosita muloqotidan keyin Moskvaning musulmonlarga nisbatan siyosatida ijobiy o‘zgarish sezila boshlagani aytiladi. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning sa’y-harakatlari bilan sobiq ittifoqda ko‘plab masjidlar va madrasalar ochila boshlandi, musulmonlarga o‘z diniy urf-odatlarini, marosimlarni ado etishga ruxsat berila boshlandi. Sobiq ittifoqdan haj safariga boradigan musulmonlarning soni keskin oshirildi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf – mustaqil O‘zbekistonning birinchi muftiysi. U islom dunyosidagi nufuzli tashkilotlarning a’zosi edi. Olim ilmiy va diniy faoliyati, o‘zbek tilidagi o‘nlab diniy-ma’rifiy kitoblari bilan Markaziy Osiyo islom olamida katta iz qoldirdi. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf 2015 yil 10 mart kuni Toshkent shahrida vafot etdi. Shahardagi Shayx Zayniddin (Ko‘kcha) qabristoniga dafn etilgan.
Prezident farmoni bilan, shuningdek O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasining sobiq raisi, muftiy, marhum shayx Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon ham “Oliy Darajali Imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Umra xizmatlarini noqonuniy amalga oshirayotgan shaxslar faoliyatini aniqlash maqsadida “Sirli mijoz” tadbiri o‘tkaziladi
Jamiyat | 10:54
-
2025 yil moda ranglari - tabiat, hissiyot va jasorat uyg‘unligida
Ayollar dunyosi | 10:43
-
Intellektual mulk himoyasi bo‘yicha ayrim qonunlar o‘zgartirildi
O‘zbekiston | 10:32
-
«O‘zbekneftgaz» Ai-92 benzin narxi arzonlashtirilgani haqida xabar berdi
Iqtisodiyot | 10:30
Mavzuga oid

13:08 / 05.08.2025
O‘zbekiston prezidenti Turkmaniston ordeni bilan mukofotlandi

17:10 / 13.03.2025
Shon-sharafning eng yuqori belgisi: Fransiyaning Faxriy Legion ordeni qanday mukofot?

10:50 / 14.02.2025
Shavkat Mirziyoyev Nargiza Xolboyevani "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotladi

23:04 / 20.12.2024