Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Prezident Administratsiyasi yangilanmoqda
O‘zbekistonda Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimi va boshqa quyi lavozimlar tugatildi. Sardor Umrzoqov, Sunnatulla Bekenov va Furqat Rahimov o‘z lavozimlaridan ozod etildi.

Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimi tugatildi. Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, prezidentning tegishli farmoni bilan Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimi tugatildi hamda Administratsiyaning tuzilmasiga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi.
Mazkur lavozimda faoliyat yuritgan Sardor Umrzoqov O‘zbekiston Prezidentining maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, prezident farmoyishi bilan Sunnatulla Bekenov Prezident Administratsiyasi rahbarining yordamchisi lavozimidan, Furqat Rahimov Prezident Administratsiyasining Ijro etuvchi apparati tahliliy materiallarni tayyorlash va Administratsiya bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish shubasi mudiri lavozimidan ozod etildi.
Bundan tashqari, Prezident Administratsiyasida quyidagi lavozimlar tugatildi:
- Administratsiya rahbarining hududlardagi yordamchilari lavozimlari;
- Administratsiya rahbarining hududlardagi yordamchilari kotibiyatlari;
- Prezident Administratsiyasining Administratsiya rahbarining hududlardagi yordamchilari kotibiyatlari faoliyatini muvofiqlashtirish shu’basi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Jomboy tumanidagi «zapravka» yonib ketdi
O‘zbekiston | 08:53
-
Rossiya qo‘shinlari Zaporojiye shahri avtovokzaliga aviabomba tashladi
Jahon | 08:53
-
Xorazmda mehnat staji «yasab beruvchi» mutaxassis ushlandi
Jamiyat | 08:02
-
Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida ikkita yangi nazorat-o‘tkazish punkti ochildi
Iqtisodiyot | 07:50
Mavzuga oid

21:02 / 25.07.2025
Tal’at Valiyev Xavfsizlik kengashidagi lavozimidan ozod etildi

11:40 / 16.07.2025
Axborot sohasida nazorat va monitoring sobiq AOKAdan O‘zkomnazoratga o‘tdi

18:34 / 14.07.2025
Doniyor Qodirov prezident maslahatchisi lavozimidan ketdi

17:13 / 14.07.2025