Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar uchun xarajatlarning bir qismi qoplab beriladi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan hukumat ayrim qarorlariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hamda subsidiya berish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Foto: Kun.uz
Prezidentning “Paxta xomashyosi yetishtiruvchilar faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq hujjatlarga davlat budjetidan quyidagilarning qoplab berilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda:
- xorijdan olib kelingan va respublikamizda ishlab chiqarilgan lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregatlarini sotib olgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga yer tekislagich agregatlari qiymatining 30 foizi;
- paxta xomashyosi yetishtiriladigan maydonlarni nasos orqali sug‘orishda sarflanadigan elektr energiyasi xarajatlarining 50 foizigacha qismi.
Tegishli o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan fermer xo‘jaliklarining nasos agregatlari va sug‘orish quduqlari iste’mol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun davlat budjetidan subsidiyalar ajratish tartibi to‘g‘risida nizomga kiritiladi. Bunda iste’molchilarga subsidiya ajratish uchun axborot va materiallarni yig‘ish, ularni ko‘rib chiqish va vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishish “Agrosubsidiya” yagona axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom yangi tahrirda tasdiqlandi.
Subsidiyalar yangi va xarid qilingan kundan boshlab bir yil muddat davomida (hisobvaraq-faktura taqdim etilgan sanadan boshlab) taqdim etilgan arizaga muvofiq qishloq xo‘jaligi texnikasi va agregati uchun ajratiladi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Isroilning asosiy tanqidchisi - Francheska Albanezeni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi
Jahon | 12:46
-
Yil boshidan beri qancha fuqaroga ijtimoiy to‘lov tayinlangani aytildi
Iqtisodiyot | 12:43
-
«Meduza» asoschisi Timchenko Rossiyada sirtdan hibsga olindi
Jahon | 12:21
-
Andijonda chiqindidan elektr ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi boshlandi
Iqtisodiyot | 12:15
Mavzuga oid

11:44 / 01.05.2025
Mahsulotlarning yagona elektron milliy katalogi yuritiladi

09:51 / 15.04.2025
Irkutskda O‘zbekiston mahsulotlarini tarqatish majmuasi qurilishi mumkin

14:12 / 22.02.2025
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda qaysi viloyat yetakchi?

15:36 / 12.12.2024