O‘zbekiston | 08:02 / 03.08.2023
3332
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston 2024 yildan boshlab aviaqatnovlar xarajatlaridan bir qismini qaytaradi

O‘zbekiston 2024 yilning yanvar oyidan boshlab aviaqatnovlar xarajatlaridan bir qismini qaytaradi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston prezidentining «Turizm yo‘nalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, turoperatorlar va aviatashuvchilarning xorijiy mamlakatlardan Samarqand, Buxoro va Urganch xalqaro aeroportlariga amalga oshirilgan charter aviaqatnovlari bo‘yicha xarajatlarining bir qismi har bir xorijiy turist uchun, u respublika hududida kamida besh kecha tunab qolgan taqdirda, 20 AQSh dollari, qish mavsumida (20 noyabrdan 20 fevralgacha) esa 50 AQSh dollari ekvivalentida qoplab beriladi.

Mavzuga oid