Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Abbosga omad tilayman, ammo u borayotgan chempionatda o‘sish qiyin». Shatskix Fayzullayevning TsSKAga o‘tishi haqida

Foto: KUN.UZ
«Paxtakor» bosh murabbiyi Maksim Shatskix jamoa a’zosi Abbos Fayzullayevning Rossiya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tayotganini tasdiqlab, uni jamoada olib qolishga uringanini aytib o‘tdi.
«Abbos Fayzullayev bilan so‘nggi kunlarda besh marta gaplashdim, ammo buni foydasi bo‘lmadi. Uning ketayotgani men uchun kutilmagan hol bo‘lmadi. Sababi uni «Paxtakor»dan olib ketayotganlarni bilaman. Abbosga omad tilaymiz, asosiysi yangi klubida chetda qolmasa bo‘lgani, har holda u yo‘l olayotgan chempionat darajasi boshqa saviyada va u yerda o‘sishga erishish qiyin. U yerdagi o‘yinlar hech kimga qiziqmas, chempionatning saviyasi ham o‘smaydi. Unga omad tilaymiz.
Transfer oynasi yopilgunga qadar Fayzullayev o‘rniga o‘yinchi topishga ulgurmaymiz. Mahalliy o‘yinchi olsak bo‘ladi, ammo legioner taklif etish uchun kech bo‘ldi. Nima ham derdim, bu Abbosning shaxsiy tanlovi. U aqlli va tezkor futbolchi, o‘rnini topib ketishiga umid qilaman», - deydi Maksim Shatskix «Olimpik» - «Paxtakor» (0:2) o‘yinidan keyin.
Avvalroq, Abbos Fayzullayev 500 ming yevro transfer puli evaziga Toshkent klubidan Moskvaning TsSKA jamoasiga o‘tayotgani xabar qilingandi.
Ma’lumot uchun, Rossiya Premer-ligasi jamoalari UYeFA tomonidan yevrokuboklardan chetlatilgan.
Mavzuga oid

22:15 / 12.07.2025
Abbos Fayzullayev TsSKA bilan ikkinchi sovrinini qo‘lga kiritdi

23:58 / 06.07.2025
Superliga. «Paxtakor» «Navbahor»ni mag‘lub etdi, «Dinamo»-«Nasaf» o‘yini durang bilan yakunlandi

16:24 / 05.06.2025
Abbos Fayzullayev Rossiyada Markaziy Osiyoning eng qimmat futbolchisi bo‘ldi

12:26 / 05.06.2025