Sud boshqaruvchilarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi o‘zgarmoqda
Vazirlar Mahkamasining “To‘lovga qobiliyatsizlik sohasidagi qonunchilik hujjatlari takomillashtirilgani munosabati bilan hukumat ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Foto: Shutterstock
Hujjat bilan sud boshqaruvchilari, ularni attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) o‘tkazish va malaka attestatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Ularga ko‘ra, sud boshqaruvchisining 1-3 toifadagi malaka attestatini olish uchun imtihondagi eng kam to‘g‘ri javoblar foizi o‘zgarmoqda:
- 4-toifa uchun – kamida 50 foiz (o‘zgarishsiz);
- 3-toifa uchun – kamida 65 foiz (ilgari 60 foiz);
- 2-toifa uchun – kamida 75 foiz (ilgari 70 foiz);
- 1-toifa uchun – kamida 85 foiz (ilgari 75 foiz);
nomzodlar tomonidan yuqoriroq toifadagi attestatni olish istagi bildirilganda qayta test topshirish uchun qayta murojaat qilish muddati belgilanmoqda: birinchi attestatsiyadan kamida 1 oydan so‘ng;
sud boshqaruvchilari tomonidan belgilangan talablarni buzilganda attestatsiya tomonidan ushbu holatlarni ko‘rib chiqish tartibi belgilanmoqda.
Quyidagi holatlar ishni ko‘rib chiqish uchun asos etib belgilanmoqda:
Davaktiv agentligi va uning hududiy organlarining sud boshqaruvchisi faoliyatida aniqlangan huquqbuzarlik alomatlari to‘g‘risida ma’lumotnoma va tekshirish dalolatnomalari;
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy hokimiyat organlarining ma’lumotlari, jismoniy va yuridik shaxslarning ariza va shikoyatlari, OAVdagi ma’lumotlar;
sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning sud boshqaruvchisi tomonidan huquqbuzarlikka yo‘l qo‘yilganligi haqida ma’lumot, taqdimnoma, ajrim.
Ishni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha komissiya qaror qabul qilib, Davaktiv agentligiga yuboradi. Qarorga asosan Davaktiv agentligi sud boshqaruvchisiga kamchiliklarni bartaraf etish uchun bir oylik (bir oygacha uzaytirish imkoniyati mavjud) muhlat beradi yoki attestatni to‘xtatib turish yoxud to‘xtatish haqida qaror qabul qiladi.
Soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash Qoidalariga o‘zgartirish kiritilmoqda. Unga ko‘ra, agarda qarzdor so‘nggi 2 yil ichida faoliyat yuritmagan bo‘lsa, sud boshqaruvchisi tomonidan qarzdorning moliya xo‘jalik faoliyati yuritgan davrdagi 2 yillik faoliyati tahlil qilinadi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Prezident Ko‘kdala tumani markazidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
O‘zbekiston | 19:16
-
O‘monda tutqunlikda saqlangan ayol va uning farzandlari O‘zbekistonga qaytarildi
Jahon | 19:12
-
Kichik va o‘rta biznes uchun uskunalar ko‘rgazmasi
Jamiyat | 19:00
-
O‘zbekistonda 500 ming gektardan ziyod hududda chigirtka tarqalgani aniqlandi
O‘zbekiston | 18:37
Mavzuga oid

18:44 / 14.06.2025
Sirdaryoda ikki bolani urib yuborgan haydovchi 8,5 yilga qamaldi

23:40 / 10.06.2025
300 ming dollar vasvasasi yoxud qotillik bilan tugagan sheriklik - suddan reportaj

10:23 / 10.06.2025
Fuqarolar huquqlarini sud orqali himoya qilish kafolati kuchaytiriladi

10:21 / 08.06.2025