Ayrim hududlar iqtisodiy bazasi «yashil» iqtisodiyot tamoyili asosida rivojlantiriladi
Vazirlar Mahkamasining “Respublika ayrim hududlari iqtisodiy bazasini “yashil” iqtisodiyot tamoyillaridan kelib chiqib diversifikatsiyalash hamda “Yashil kafolat” dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Respublikaning ayrim hududlari iqtisodiy bazasini diversifikatsiyalash, ularning ixtisoslashuvi asosida “yashil” iqtisodiyot tamoyillaridan kelib chiqib rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlanadi. Bunda quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi:
- hududlarni klaster yondashuvi asosida sohalar bo‘yicha rivojlantirish, innovatsion ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish, faoliyatni raqamlashtirishni qo‘llab-quvvatlovchi infratuzilma yaratish;
- ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyatida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy qilish, sanoat korxonalarida energiya tejamkor texnologiyalarni kengaytirish, atmosferaga chiqariladigan zararli gazlar tashlanmalarini kamaytirishga qaratilgan modernizatsiya loyihalarini rag‘batlantirish;
- ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyatida qattiq maishiy chiqindilarni aylanma (sirkulyar) tamoyillar asosida qayta ishlash va ikkilamchi xomashyo sifatida ishlatishni ko‘zda tutuvchi texnologiya va amaliyotlarni keng joriy qilish;
- salohiyatli chegara hududlarida transchegaraviy erkin savdo zonalarini rivojlantirish.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Yashil kafolat” dasturlari va tabiiy resurslarga asoslangan tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, moliyalashtirish va salohiyatni oshirish imkoniyatlaridan foydalanishni kengaytirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi:
- tegishli sohalarda, jumladan o‘rmonchilik chora-tadbirlari, o‘rmonlashtirish va u bilan bog‘liq daraxtlar ekish tadbirlarida “yashil” tadbirkorlikni rivojlantirish;
- tabiiy resurslarga asoslangan tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha pilot loyihalarni amalga oshirish;
- “yashil” tadbirkorlik hamda tabiiy resurslarga asoslangan tadbirkorlik faoliyatlarini kengaytirishni rag‘batlantirish.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining “yashil” ish o‘rinlari tashkil etish hamda tabiiy resurslarga asoslangan oilaviy tadbirkorlik faoliyati uchun Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar ajratish takliflari ma’qullanadi.
Bunda, tabiiy resurslarga asoslangan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha kreditlar ajratishda asosiy e’tibor dorivor (shirinmiya, kavrak, tikanakli kovul va boshqalar) o‘simliklar plantatsiyalari hamda sanoatbop va mevali bog‘larni tashkil etishga qaratiladi.
Markaziy bank tijorat banklari bilan birgalikda 2024 yil 1 yanvarga qadar tijorat banklari kredit siyosatiga tabiiy resurslarga asoslangan loyihalarni ustuvor ravishda moliyalashtirish hamda “yashil” ish o‘rinlari tashkil etishni nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritadi.
Bunda, moliyalashtirish va salohiyatni oshirish imkoniyatlaridan foydalanishni kengaytirish orqali kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning “yashil” iqtisodiyotdagi o‘rnini kuchaytirish borasida quyidagilarga e’tibor qaratiladi:
- “yashil” biznesga sarmoya kiritadigan istiqbolli, yuqori salohiyatga ega kichik biznes va xususiy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash (“yashil” kreditlash hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri va oraliq moliyalashtirish tizimini joriy etish, kichik grantlar va subsidiyalangan qarzlar, imtiyozlar);
- mahalliy davlat va xususiy banklar orqali mahalliy tadbirkorlik sub’yektlarining barqaror faoliyatini ta’minlash uchun xatarlarni taqsimlash mexanizmlarini joriy qilishga ko‘maklashish;
- “yashil” o‘sishni rivojlantirish dasturi doirasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlar ishtirokini kuchaytirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy qilish.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
"Jasorat maktablari"ga qanday o‘qishga kirish mumkin?
O‘zbekiston | 12:03
-
YeIdan ikki tashkilot Rossiyadagi «nomaqbul» tashkilotlar reyestriga qo‘shildi
Jahon | 11:48
-
Sotilmagan munitsipal obektlar ijaraga beriladi
O‘zbekiston | 11:37
-
Tramp: Putin AQShning yangi sanksiyalari tahdididan xavotirda
Jahon | 11:20
Mavzuga oid

20:14 / 03.07.2025
Qirg‘iziston aholi daromadlarining o‘sishi bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘ringa chiqdi. Nimaning hisobiga?

09:34 / 28.06.2025
Putin G‘arb davlatlari iqtisodiyoti haqida: «Tez orada yo‘q bo‘lib ketadi»

16:24 / 26.06.2025
Eng badavlat 1 foiz odamning boyligi 33,9 trillion dollarga ko‘paydi

19:23 / 24.06.2025