"Yangi O‘zbekiston" bog‘iga tutash hududda "Hunarmandlar maskani" quriladi
"Yangi O‘zbekiston" bog‘iga tutash hududda "Hunarmandlar maskani" barpo etiladi va hunarmandlarga ijaraga beriladi. Bu haqda respublika "Hunarmand" uyushmasi boshqarma boshlig‘i Jamshid Tilyakov ma’lum qildi.
Prezident farmoniga ko‘ra, Toshkent shahar hokimligi va "Hunarmand" uyushmasiga 2024 yil 1 martga qadar mahalliy budjet mablag‘larining orttirib bajarilgan qismi hisobidan "Yangi O‘zbekiston" bog‘iga tutash hududda zaxiradagi 0,3 gektar yer maydonida "Hunarmandlar maskani"ni barpo etish va hunarmandlarga joylarni ijaraga berish topshirilmoqda.
Shuningdek, hunarmandchilik faoliyatining yo‘nalishlari amaldagi 34 tadan 43 taga ko‘paytirildi.
"Xalq amaliy san’ati ustalarining milliy katalogi" va "Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reyestri"ga kiritilgan hunarmandlar uchun preferensiyalar 2023 yil 1 iyundan 2025 yil 1 yanvargacha uzaytirildi.
Mavzuga oid

22:30 / 30.05.2025
“Sotilmaydi”, lekin sotuvda: Bektemirdagi bog‘ atrofida nima bo‘lyapti?

10:24 / 15.05.2025
Yangi Toshkent hududining 30 foizi bog‘ va xiyobonlar uchun ajratiladi

11:00 / 04.05.2025
“Harakatim ko‘p, shuning uchun sog‘lomman” – 75 yoshli bog‘bon aya

15:26 / 29.04.2025