Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Axsikent yodgorligida to‘rtta ochiq osmon ostidagi muzey quriladi
Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Axsikent arxeologik yodgorlik majmuasini vodiyning yirik turizm markaziga aylantirish bo‘yicha loyiha ustida ish boshlandi.

Foto: uzbektourism
Shu kunlarda tarixiy majmuada maxsus loyihaning birinchi bosqichi doirasida arxeologlar tomonidan o‘rganilib, ochib qo‘yilgan to‘rtta obektda ochiq osmon ostidagi muzeylar qurilishi boshlandi.
Keyingi bosqichda sayyohlar uchun infratuzilma obektlarini - katta istirohatgoh, hunarmandlar markazi va karvonsaroy hamda boshqa inshootlarni barpo etish maqsad qilingan. Rejaga ko‘ra, qadimgi Axsikent va Axsi qishlog‘ini daryo yoqalab bog‘lab, yaxlit yirik sayyohlik majmuasi barpo etiladi.
Axsikent eradan avvalgi III asrda tashkil topgan bo‘lib, qadimgi Farg‘ona davlatining poytaxti, Buyuk ipak yo‘lining asosiy shaharlaridan biri bo‘lgan. Tarixiy manbalarda, xususan, «Boburnoma»da bu kentning alohida ahamiyati haqida ko‘p yozilgan. Qadimdan bu yerda yerosti suv inshooti bo‘lgani bois mudofaa uchun qulay sanalgan. Shahar Ark, ichki va tashqi shaharlardan iborat bo‘lib, bu yerda o‘z davrida shishasozlik, kulolchilik, temirchilik, qurolsozlik kabi hunarmandlik turlari yaxshi rivojlangan.
Bugungi kunda Axsikentning 100 gektarga yaqin qismi saqlanib qolgan bo‘lib, Farg‘ona vodiysidagi eng katta arxeologik yodgorlikdir. Arxeologlar tomonidan temirchilar ustaxonasi, X-XIII asrlarga oid hammom qoldiqlari, askarlar xonalari, jome masjidi, mudofaa devorlari, yerosti irrigatsiya tarmoqlari, hunarmandlar mahallasi, hukmdor qarorgohi – Ark qazib o‘rganilgan.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Chelsi» finalda dahshatli «PSJ»ni yirik hisobda yengdi
Sport | 02:13
-
Yannik Sinner Alkarasni mag‘lub etdi va birinchi marta Uimbldon g‘olibiga aylandi
Sport | 00:44
-
Fransiyada mahbus sumka ichiga yashirinib, qamoqxonadan qochib ketdi
Jahon | 23:47 / 13.07.2025
-
Nigeriya sobiq prezidenti Muhammad Buxoriy vafot etdi
Jahon | 23:01 / 13.07.2025
Mavzuga oid

10:30 / 02.06.2025
Qoraqalpog‘istonda iqlim muzeyi tashkil etiladi

20:48 / 29.05.2025
Temiryo‘l muzeyida ovqatlanish shoxobchasi va attraksionlar ochilgani tanqidlarga sabab bo‘ldi

11:05 / 29.05.2025
Sharq san’atidan metafizikagacha: “Olamlar orasidagi nur” ko‘rgazmasida nimalar namoyish etilmoqda?

11:05 / 10.05.2025