Niderlandiyada Ikkinchi jahon urushi davrida qurbon bo‘lgan o‘zbeklar xotirasiga bag‘ishlangan muzey ochildi
Niderlandiyaning Lyosden shahridagi "Sovet shon-sharaf maydoni" yaqinida Ikkinchi jahon urushi davrida vafot etgan sovet askarlari xotirasiga bag‘ishlangan Soviet War Cemetery Experience muzeyining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Dunyo
Ushbu muzeyda davlat rahbari tashabbusi va O‘zbekiston hukumati moliyaviy ko‘magida Ikkinchi jahon urushi davrida qurbon bo‘lgan va "Sovet shon-sharaf maydoni"ga dafn etilgan 101 o‘zbek askarlariga bag‘ishlangan maxsus alohida xona tashkil etildi. Bundan tashqari, muzeyning asosiy kirish qismida o‘zbek xalqining mard o‘g‘lonlari xotirasiga Sovet qabristonidan keltirilgan 101 eski qabr toshlari asosida ishlangan ramziy monumental san’at asari ham yaratildi.
Ochilish marosimida Niderlandiya tashqi ishlar va mudofaa vazirliklari rasmiylari, Lyosden va Amersfort shaharlari hokimliklari, Armaniston, Ozarboyjon, Qozog‘iston va O‘zbekiston diplomatik vakolatxonalari vakillari, "Sovet shon-sharaf maydoni"da dafn etilgan va shaxsi aniqlangan askarlarning yaqin qarindoshlari, volontyorlar hamda niderland jamoatchiligi ishtirok etdi.
Shuningdek, Navoiy viloyati Xatirchi tumanidan Ikkinchi jahon urushi davrida 101 askarlar qatorida asirga tushib, fashistlar qo‘lida qurbon bo‘lgan va "Sovet shon-sharaf maydoni"da dafn etilgan Raim Salomovning o‘g‘li va nabiralari ham qatnashdi.
Tashqi ishlar vazirligi vakili muzeyni tashkil etishda ko‘rsatgan ko‘magi uchun "Sovet shon-sharaf maydoni" jamg‘armasi direktori Remko Reydingga va hamkor davlatlarga minnatdorlik bildirdi.
Remko Reyding ushbu muzeyni tashkil etilda yaqindan qo‘llab-quvvatlagan hamkorlarga, jumladan O‘zbekiston hukumatiga ajratilgan moliyaviy yordam uchun alohida minnatdorlik izhor qildi.
Mavzuga oid

14:36 / 09.05.2025
Rossiya Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga MDH davlatlari orasida eng kam mukofot puli to‘laydi

14:22 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?

14:07 / 09.05.2025
Zelenskiy Ukrainaning Ikkinchi jahon urushidagi roli haqida gapirdi

20:45 / 01.05.2025