Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berish 28 iyundan boshlanadi
MSK qaroriga asosan, O‘zbekiston prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish 28 iyundan boshlanib, 5 iyulda yakunlanadi.

Foto: Kun.uz
20 iyun kuni Markaziy saylov komissiyasining majlisida saylovchilarning muddatidan oldin ovoz berishini tashkil etish, prezident saylovini o‘tkazish davrida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash, saylovga tayyorgarlik ko‘rish davrida Markaziy saylov komissiyasiga kelib tushgan murojaatlar hamda prezident saylovida xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar va OAV vakillarini akkreditatsiya qilishga doir masalalar ko‘rib chiqildi.
Gazeta.uz xabariga ko‘ra, majlisda Saylov kodeksiga binoan muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchilar uchun saylov uchastkalarida muddatidan oldin ovoz berish o‘tkazilishi yuzasidan qaror qabul qilindi.
Unga ko‘ra, muddatidan oldin ovoz berish 2023 yil 28 iyun kuni boshlanib 2023 yil 5 iyul kuni yakunlanishi belgilandi va saylov uchastkasida muddatidan oldin ovoz berish vaqti ish kunlari soat 9:00 dan soat 18:00 ga qadar, dam olish va bayram kunlari soat 11:00 dan soat 17:00 ga qadar davom etishi qayd etib o‘tildi.
Muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotdan qatnashadigan kuzatuvchilarni akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi MSKning qarori bilan 39 nafar kuzatuvchi akkreditatsiyadan o‘tkazildi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kun tartibidagi maishiy korrupsiya va zararni qoplaganga ozodlik - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 23:30 / 02.08.2025
-
Xitoyda erkak suv ostida 5 kun yashab, tirik qoldi
Jahon | 23:24 / 02.08.2025
-
AQSh Senati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni ma’qullamasdan ta’tilga chiqmoqda
Jahon | 22:55 / 02.08.2025
-
AI-80 narxi, undan voz kechish va prisadkali AI-92 - Raqobat qo‘mitasi izohlari
Iqtisodiyot | 22:24 / 02.08.2025
Mavzuga oid

01:46 / 13.02.2025
Gretsiyada yangi prezident saylandi

13:08 / 10.02.2025
Kosovodagi saylovlarda bosh vazir Kurtining hukmron partiyasi g‘alaba qozondi

21:57 / 07.02.2025
Ukrainada saylovlar o‘tkazilishi mumkinmi?

16:35 / 04.02.2025