Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa Ittifoqi sun’iy idrokni nazorat qilish yo‘lida birinchi qadamni qo‘ydi
ChatGPT kabi kontent yaratuvchi tizimlar o‘z ijodi chegarasini aniq belgilab qo‘yishi va ularni inson ishi sifatida ko‘rsatmasligi kerak.

Foto: Getty Images
Yevropa Ittifoqi (YeI) dunyoda birinchi bo‘lib sun’iy idrok (SI) rivojlanishini tartibga solish va odamlarni undan himoya qilish bo‘yicha qonun qabul qilish jarayonini ishga tushirdi.
Bugun YeI ushbu qonunni qabul qilish yo‘lida birinchi qadamni qo‘ydi – Yevropa parlamenti uni yoqlab ovoz berdi. Endi Yevropa komissiyasi, YeI Kengashi va Yevroparlament hujjatning yakuniy versiyasi bo‘yicha kelishib olishi kerak. Biroq u 2 yildan keyin kuchga kirishi allaqachon ma’lum.
YeI qonunchiligi SI tizimlarini aholi va iste’molchilarga tahdid darajasiga ko‘ra guruhlarga ajratadi va ularning har biri uchun cheklovchi choralar va nazorat jarayonini ishlab chiqadi. Qonunga ko‘ra, odamlarning ongiga ta’sir qilish uchun yaratilgan tizimlar, onlayn rejimda ishlaydigan biometrik tanib olish tizimlari taqiqlanadi.
13 iyun kuni bo‘lib o‘tgan bahsda Yevroparlament deputatlari eng ko‘p e’tiborni yuzni tanib olish tizimlariga qaratdi. Loyihada bunday tizimlardan onlayn rejimda emas, faqat jinoyatchilar, terrorchilar va bedarak yo‘qolganlarni qidirish uchungina, faqat sud qarori bilan foydalanishga ruxsat berish taklif qilindi.
Shuningdek, Yevrokomissiya raisi o‘rinbosari Margrete Vestager so‘zlariga ko‘ra, sun’iy idrok rivojlanishi bilan bog‘liq eng jiddiy muammolardan yana biri bu diskriminatsiyadir. Uning ta’kidlashicha, insoniyatning «Terminator» usulida yo‘q bo‘lib ketishidan ko‘ra muhimroq muammo bu sun’iy idrokning tarafkashlik yoki diskriminatsiyani kuchaytirish potensialida.
«(Yo‘q bo‘lib ketish xavfi) mavjud bo‘lishi mumkin, ammo ehtimoli juda past. SI xavf-xatarlari ko‘proq odamlarning kamsitilishiga bog‘liq bo‘ladi. Agar bank ipoteka krediti ajratish uchun SI xizmatidan foydalansa, bunday hollarda, odamning jinsi, irqi yoki yashash joyi tufayli kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmasligiga amin bo‘lish kerak», dedi u.
Yevropa Ittifoqi ikki yildan beri ishlab chiqayotgan SI tizimlari to‘g‘risidagi qonunda ular shunday guruhlarga bo‘lingan: «qabul qilib bo‘lmaydigan xavf», «yuqori xavf», «generator» tizimlar va «cheklangan xavf» guruhi.
«Qabul qilib bo‘lmaydigan xavf» guruhiga quyidagilar kiradi:
- odamlarning ongiga ta’sir qilish tizimlari;
- odamlarni xulq-atvori, ijtimoiy-iqtisodiy holatiga ko‘ra ajratuvchi ijtimoiy reyting tizimlari;
- onlayn yuzni aniqlash tizimlari.
Ular Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida taqiqlanadi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Isroil BMTning gumanitar yordamini G‘azoga yetkazish uchun yo‘laklar ochishga va’da bermoqda
Jahon | 09:57
-
“Yangi loyihalarda Eron va Rossiyaning ishtiroki kamayib, turkiylarning ahamiyati ortib boryapti” – siyosatshunos
Jahon | 09:02
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
Mavzuga oid

09:54 / 26.07.2025
YeI va Xitoy iqlim bo‘yicha yaqinroq hamkorlik qilmoqchi

07:31 / 26.07.2025
YeI-Xitoy sammiti: Bryussel Pekinni Rossiyaga ta’sir o‘tkazishga chaqirdi

23:12 / 21.07.2025
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?

13:48 / 19.07.2025