Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda YTH oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
Kegeyli tumani hududida Lacetti qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketib, Labo bilan to‘qnashgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
12 iyun kuni Nukus shahridan Chimboy tumani yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotgan ikki mashina to‘qnashish oqibatida ikki kishi vafot etdi va ikki kishi jarohatlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shu kuni soat 14:30 da Nukus-Chimboy-Taxtako‘pir avtomobil yo‘lining 43 va 44-kilometr oralig‘ida B.M. boshqaruvidagi Lacetti transport vositasi yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketib, R.T. boshqaruvidagi Labo avtomashinasi bilan to‘qnashgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda ikki avtomobil ham bo‘linib ketganini ko‘rish mumkin.
YTH oqibatida Labo haydovchisi R.T. hamda Lacetti ichida bo‘lgan yo‘lovchi Sh. S. voqea joyida vafot etgan, haydovchi B.M. va yo‘lovchi — voyaga yetmagan A.B. turli darajadagi tan jarohatlari bilan Kegeyli tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston IIV huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlariga kirishilgan.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

10:00 / 13.07.2025
Toshkent propiskasining ochilishi, avtoterroristlarga chora va poraxo‘rlik “xit-paradi” - hafta dayjesti

09:16 / 13.07.2025
Farg‘onada fuqaro o‘z tanishini mashinada qasddan urib, o‘ldirib qo‘ydi

15:36 / 09.07.2025
Avariyalarni kamaytirish uchun yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga jiddiy e’tibor qaratiladi

15:24 / 09.07.2025