Toshkentda 20 km uzunlikda «turizm halqasi» barpo etiladi, Chorsu bozori rekonstruksiya qilinadi
2023-2024 yillarda Toshkent shahri Shayxontohur tumanida 20,7 km uzunlikdagi «turizm halqasi» loyihasi barpo etiladi. Bu joriy yil 7 iyun kuni imzolangan prezident qarorida belgilangan.

Foto: Taylor Weidman/Bloomberg via Getty Images
Hukumat bir oy muddatda poytaxtdagi Chorsu va Eski juva dehqon bozorlari hududini tartibga keltirish va turistik jozibadorligini oshirishga qaratilgan qaror qabul qilishi lozim.
Hukumat hujjatida bozor hududidagi tartibsiz qurilmalar o‘rniga loyiha asosida zamonaviy savdo rastalarini joylashtirish, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida ko‘p qavatli avtoturargoh tashkil etish hamda piyodalar yo‘laklarini qurish va irrigatsiya tarmoqlarini yangilash kabilar e’tiborga olinadi.
Shuningdek, bozor hududidagi bo‘sh turgan bino-inshootlar milliy arxitektura ishlanmalarini aks ettirgan loyihalar asosida rekonstruksiya qilinadi va qo‘shimcha yangi savdo rastalari quriladi.
Toshkent shahar hokimligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi damda Madaniyat va turizm vazirligi bilan birgalikda 2024 yil yakuniga qadar davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida O‘zbekiston davlat sirki binosini ham rekonstruksiya qiladi.
«Turizm halqasi»ni tashkil etish xarajatlari uchun respublika budjetidan Toshkent shahar mahalliy budjetiga 3 yil muddatga 100 milliard so‘m miqdorida budjet ssudasi ajratilmoqda.
Mavzuga oid

12:13 / 21.05.2025
O‘zbekistonliklar uchun viza olishni osonlashtirish bo‘yicha AQSh bilan muzokara o‘tkaziladi

16:40 / 14.05.2025
Haj va Umra ziyoratlarini noqonuniy tashkil etishga uringan sayyohlik firmalari aniqlandi

17:42 / 12.05.2025
Dunyodagi eng baxtli shahar aniqlandi

13:51 / 12.05.2025