Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Test sinovlari yopiq binolarda o‘tkazilishi munosabati bilan test vaqti ham o‘zgaradi
2018–2019 yillarda bo‘lgani kabi test sinovlarida 1-smena soat 08:00 dan, 2-smena esa 15:00 dan boshlanishi rejalashtirilgan.

Foto: Kun.uz
Test sinovlari yopiq binolarda o‘tkazilishi munosabati bilan test vaqti ham o‘zgaradi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Avvalgi yillarda imtihonlar stadion va xiyobonlarda o‘tkazilgani sababli 1-smena soat 07:00 dan 10:00 gacha, 2-smena esa 19:00 dan 22:00 gacha o‘tkazilgan. Chunki boshqa paytda kun juda issiq bo‘lgan.
3 yillik tanaffusdan keyin test sinovlari yana yopiq binolarda o‘tkazilayotganligi sababli, endi bunaqa vaqtli va kech imtihon o‘tkazishga ehtiyoj yo‘q.
Shu sababli, xuddi 2018–2019 yillarda bo‘lgani kabi test sinovlarida 1-smena soat 08:00 dan, 2-smena esa 15:00 dan boshlanishi rejalashtirilgan.
O‘zbekistonda 2023/2024 o‘quv yili uchun test sinovlari o‘tkaziladigan 92 ta yopiq inshoot tanlab olingan.
Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasining bayoni bilan test sinovi o‘tkaziladigan binolar ro‘yxati tasdiqlandi.
Unga ko‘ra 2023-2024 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari katta sig‘imli binolarda o‘tkaziladi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Buxoro viloyatida sayyohlik halqasi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 07:54
-
Dog‘istonda 300 dan ortiq kishi suvdan zaharlandi
Jahon | 07:41
-
Fuqarolik jamiyati institutlari davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadi
O‘zbekiston | 07:34
Mavzuga oid

16:45 / 28.01.2025
Britaniyada 14 kishiga fuqarolik olib berish uchun parik kiyib test topshirgan ayol hibsga olindi

17:23 / 12.12.2024
Rossiyada migrantlar uchun rus tili va tarix imtihonining yagona narxi belgilandi

17:46 / 28.10.2024
Apple salomatlik uchun foydali ilovani sinovdan o‘tkazdi

18:39 / 11.10.2024