Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XMT hamkorlari O‘zbekistondagi gender tengsizligi va kamsitishning asosiy sabablarini bartaraf etadi
Berilgan takliflar orasida ayollar va erkaklar, jumladan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun munosib mehnat imkoniyatlarini, ijtimoiy himoyani ta’minlash chora-tadbirlari o‘rin olgan.

Foto: ilo.org
Hukumat, ishchilar va ish beruvchi tashkilotlar vakillari O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlash bo‘yicha takliflar borasida kelishib oldi. Bu haqda Xalqaro mehnat tashkiloti xabar berdi.
Toshkentda bo‘lib o‘tgan «O‘zbekistonda gender tengligi va munosib mehnatga erishish yo‘llari» mavzusidagi konferensiya yakunlari bo‘yicha tengsizlik va kamsitishning asosiy sabablarini bartaraf etishga qaratilgan takliflar qabul qilindi.
Xalqaro ekspertlar va diplomatik korpus vakillari tomonidan ham kelishilgan yakuniy hujjatda aholining zaif qatlamlariga mansub ayollar va erkaklarni himoya qilish, munosib mehnat imkoniyatlari va ijtimoiy himoyadan foydalanish imkoniyatini ta’minlash, kamsitishning ko‘p va kesishuvchi shakllariga barham berish siyosatini qabul qilish zarurligi ta’kidlangan.
Hujjat norasmiy iqtisodiyotdan rasmiy iqtisodiyotga o‘tishni rag‘batlantirish uchun inklyuziv makroiqtisodiy siyosatni amalga oshirishga chaqiradi va XMT onalikni himoya qilish to‘g‘risidagi 183-sonli va ijtimoiy ta’minot to‘g‘risidagi 102-sonli konvensiyalarini ratifikatsiya qilishga chaqiradi. Hujjatda, shuningdek, gender tengligi va diskriminatsiyaga yo‘l qo‘ymaslik uchun jamiyatda madaniyatni o‘zgartirish muhimligi e’tirof etilgan.
Qayd qilinishicha, 2018 yilda O‘zbekistonda ayollar umumiy ish vaqtining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘i haq to‘lanmaydigan parvarish va uy ishlariga sarflangan bo‘lsa, erkaklar ish vaqtining uchdan biridan kamrog‘i sarflangan.
Bundan tashqari, 2018 yildan beri ishsizlik darajasidagi gender tafovuti sezilarli darajada oshgan va 2021 yilda ayollar o‘rtasidagi ishsizlik darajasi erkaklarnikidan deyarli ikki baravar ko‘p bo‘lgan.
Qayd qilinishicha, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda ayollar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarga erishish yo‘lida muvaffaqiyatga erishilgan, mehnat bozoridagi tengsizlikni bartaraf etish choralari ko‘rilgan bo‘lsa-da, ma’lum bo‘shliqlar qolmoqda.
«O‘zbekiston tarixi siyosiy iroda va gender tengligini eng yuqori darajada ta’minlashga sodiqlik bilan erishilishi mumkin bo‘lgan taraqqiyotning yorqin namunasidir», dedi XMT Gender, tenglik, xilma-xillik va inklyuzivlik bo‘limi rahbari Chidi King. Uning ta’kidlashicha, XMT O‘zbekistonga ushbu sohadagi qolgan muammolarni hal qilishda yordam berishda davom etadi.
Konferensiyada Oliy Majlis Senati raisi, Xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni, gender tengligi va oiladagi roli bo‘yicha Respublika komissiyasi rahbari Tanzila Norboyeva ham ishtirok etdi.
«Xotin-qizlarning mehnat, ijtimoiy va boshqa mavjud huquqlarini ta’minlash borasida hali ko‘p ishlar qilinishi kerak», dedi u.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Londondagi "Sautend" aeroporti samolyot falokatidan keyin yopildi
Jahon | 14:59
-
"O‘tkan kunlar" romani koreys tiliga tarjima qilindi
Jamiyat | 14:58
-
Fransiya mudofaa budjetini tezlashtirilgan sur’atda oshiradi
Jahon | 14:47
-
Surxondaryoda uchta yangi sayyohlik markazi barpo etiladi
O‘zbekiston | 14:44
Mavzuga oid

16:46 / 05.07.2025
Janubiy Koreya hukumati aholiga 110 dollardan tarqatadi

16:05 / 25.06.2025
Ogoh bo‘ling! Taniqli shaxslar obrazi asosida Rossiya armiyasiga yollanishga chorlovchi dipfeyk videolar tarqalmoqda

16:33 / 06.06.2025
Gaz va elektr kompensatsiyasi uchun ariza qabul qilish boshlandi

18:54 / 28.05.2025