Toshkentda 8 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
YTH oqibatida haydovchilardan biri tan jarohati olgan.
Toshkent shahrining Uchtepa tumanida 8 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Toshkent shahar IIBB YHXB holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.
Joriy yilning 31 may kuni soat 21:00 larda Uchtepa tumani THAY - Zargarlik ko‘chalari kesishgan chorrahada 8 ta transport vositasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi kuzatilgan.
Jumladan:
- "KAMAZ" yuk mashinasi;
- "Lacetti" avtomashinasi;
- "Spark" avtomashinasi;
- "Lacetti" avtomashinasi;
- "Spark" avtomashinasi;
- "Lacetti" avtomashinasi;
- "Nexia-3" avtomashinasi;
- "Matiz" avtomashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH oqibatida "Lacetti" avtomashinasi haydovchisi tan jarohati olib, shifoxonaga olib ketilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

17:39 / 11.03.2025
Meksikada avtobuslar ishtirokidagi ikkita YTHda 25 kishi halok bo‘ldi

17:21 / 11.03.2025
Ozoda Nursaidovaning klipini suratga olishda aktrisa qizni avtomobil bosib ketdi

12:27 / 11.03.2025
Boysunda YTH oqibatida 8 yoshli qiz halok bo‘ldi

12:10 / 11.03.2025