Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Badiiy akademiyasining qariyb 1,5 mlrd so‘mlik davlat xaridi bekor qilindi
Alisher Navoiyning bronza haykalini yaratish uchun o‘tkazilgan tanlovda 3 nafar talabgorning hujjatlari xarid komissiyasining raisi va to‘rt nafar a’zosi foydalangan kompyuter orqali elektron platformaga yuklangani aniqlangan.
8 may kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi buyurtmachiligida Alisher Navoiyning bronza haykalini yaratish va Qozog‘iston Respublikasining Ostona shahrida o‘rnatish xizmati yuzasidan 1 mlrd 416 mln so‘mlik davlat xaridi o‘tkazilgan. Ammo mazkur xarid Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining o‘rganishlaridan so‘ng bekor qilingan.
Ma’lum qilinishicha, ushbu davlat xaridini amalga oshirish jarayonida buyurtmachi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunning 10-moddasi (raqobat va xolislik prinsipi), 14-moddasi (manfaatlar to‘qnashuvi), 46-moddasi (davlat xaridlari jarayonidagi cheklovlar) talablariga amal qilinmagan va boshqa qonunbuzilishi holatlariga ham yo‘l qo‘yilgan. Xususan, xaridda ishtirok etgan 3 nafar talabgorning hujjatlari xarid komissiyasining raisi va to‘rt nafar a’zolari foydalangan kompyuter orqali elektron platformaga yuklangan.
Mazkur holatlar bo‘yicha davlat xaridi o‘tkazilgan kunning o‘zida xarid komissiyasining bayonnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyurtmachiga taqdimnoma kiritilgan. To‘plangan hujjatlar esa qonuniy chora ko‘rish uchun Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga yuborilgan.
Agentlik taqdimnomasiga binoan akademiya tomonidan 11 may kuni xarid komissiyasining bayonnomasi bekor qilingan.
Oldinroq Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ta’minot xizmati tomonidan 2023/24-o‘quv yili uchun ingliz tili fanidan 1-11-sinf mashq daftarlari, darsliklar sotib olish maqsadida o‘tkazilgan davlat xaridi ham qimmat narx taklif qilgan tadbirkorlik sub’yekti g‘olib deb topilgani uchun bekor qilingandi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Nigeriya armiyasi 100dan ortiq qurolli jangarilarni yo‘q qildi
Jahon | 20:36
-
Boku va Yerevan o‘z chegaralarida uchinchi mamlakatlar kuchlarini joylashtirmaydigan bo‘ldi
Jahon | 20:26
-
Yangi Zelandiya Falastin davlatini tan olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
Jahon | 20:17
-
Ozarboyjon Ukrainaga 2 mln dollarlik yordam ajratdi
Jahon | 19:53
Mavzuga oid

08:10 / 09.07.2025
Badiiy akademiya xodimlari uchun oylik rag‘batlantirish ustamasi belgilandi

10:53 / 11.01.2025
Rossiyada davlat xaridlari bo‘yicha ma’lumotlarni avtomatik yig‘ish cheklandi

17:42 / 16.12.2024
7,2 mlrd so‘mlik tender savdolari ixtiyoriy ravishda bekor qilindi

08:10 / 21.09.2024