Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada davlat xaridlari bo‘yicha ma’lumotlarni avtomatik yig‘ish cheklandi
Davlat xaridlari veb-saytida ma’lumotlar va hujjatlarni turli texnik vositalarda o‘qiladigan shaklda yuklash taqiqlandi. Ushbu format ma’lumotlarni dasturiy ta’minot yordamida tahlil qilish imkonini bergan.

Foto: Getty Images
Rossiya hukumati 1 yanvardan boshlab davlat xaridlari bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ishni chekladi, deb xabar berdi 10 yanvar, juma kuni «Vedomosti» gazetasi. Davlat xaridlari veb-saytida ma’lumotlar va hujjatlarni mashinada o‘qiladigan shaklda — dasturiy ta’minot yordamida ma’lumotlarni tahlil qilish imkonini beruvchi formatda yuklash taqiqlandi. Agar ilgari hujjatlarni qabul qilish uchun FTP-server ishlatilgan bo‘lsa, endi u Yagona axborot tizimining veb-saytida ko‘rsatilganidek, «hujjat va ma’lumotlarni yetkazib berish xizmatlari»dir.
Istalgan shaxs davlat xaridlari portalidan ma’lumotlarni FTP serveri orqali yuklab olishi mumkin edi va mavjud «ommaviy yuklab olish» imkoniyati (ma’lumotlar bazasining alohida qismlarini emas, balki uning nusxasini olish) ma’lumotni juda murakkab tahlil qilish imkonini bergan, dedi "Informatsionnaya kultura" ANO asoschisi Ivan Begtin "Vedomosti"ga.
Endilikda davlat xaridlari portalidan ma’lumotlarni olish uchun Yagona identifikatsiya va autentifikatsiya tizimi orqali autentifikatsiyadan o‘tish va ma’lumotlarni olish maqsadini asoslash lozim. Agar asoslash noto‘g‘ri deb topilsa, foydalanuvchiga xizmatlar cheklanadi yoki u bloklanadi. Bundan tashqari, ma’lumotlarni olish uchun so‘rovlar soni soatiga ma’lum raqam bilan cheklangan, ammo qancha so‘rovlar amalga oshirilishi aniq emas.
RKN VPN haqidagi ilmiy ma’lumot va statistikani bloklaydi
VPN xizmatlari haqidagi ilmiy va ilmiy-texnik ma’lumotlar, shuningdek, statistik ma’lumotlar Rossiyada taqiqlangan va bloklangan deb hisoblanadi. Bu haqda 21 noyabr kuni Roskomnadzor (RKN) buyrug‘iga tayanib, «Interfaks» agentligi xabar berdi. Matndan ko‘rinib turibdiki, «masofaviy kirish xavfsizligini ta’minlash uchun» faqat VPN haqidagi ma’lumotlar uchun istisno qilinadi.
RKN buyrug‘i loyihasiga tushuntirish xatida «Rossiya Federatsiyasida bloklangan resurslarga jismoniy shaxslarga kirishni ta’minlashdan iborat VPN xizmatlarini yaratish va o‘rnatish usullarini tavsiflovchi ma’lumotlar» taqiqlangan deb hisoblanadi.
2024 yil sentabr oyida Oq uy avtoritar davlatlarda internet senzurasini chetlab o‘tish vositalarini tarqatish va ishlatishni targ‘ib qilish maqsadida Amazon, Microsoft, Cloudflare va Google egasi Alphabet kabi texnologiya gigantlari vakillari bilan uchrashuv tashkil qilgani ma’lum bo‘ldi.
Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, Amerika rasmiylari va fuqarolik faollari vakillari, xususan, bigtex bilan Vashington tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Ochiq texnologiyalar jamg‘armasi (OTF) tomonidan homiylik qilingan VPN xizmatlarini muhokama qilishgan. Tashkilot prezidenti Lora Kanningemning Reuters agentligiga aytishicha, so‘nggi yillarda qator avtoritar davlatlarda bu sohaga talab keskin oshgan. «Oxirgi bir necha yil ichida biz VPN'ga bo‘lgan talab, asosan, Rossiya va Erondagi foydalanuvchilar tomonidan ortib borayotganini ko‘rdik», dedi u.
Dunyoda bunday xizmatlarning mashhurligi ortib borayotgani sababi, xususan, Rossiya Federatsiyasida internet senzurasining kuchayishi ekani aytilgan.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda 64-sonli avtobus yonib ketdi
O‘zbekiston | 15:32
-
Kamchatkada 7,2 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Jahon | 14:53
-
Ko‘paygan suvda cho‘kishlar, ruhiy «nosog‘lom» mintaqa, shifokorlarga hujum va Rog‘un GESidan 20 yillik shartnoma
Jahon | 14:06
-
Saudiyada 20 yil komada yotgan shahzoda vafot etdi
Jahon | 13:47
Mavzuga oid

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi

13:00 / 12.05.2025