O‘zbekistonda ikkinchi xalqaro energetika forumi bo‘lib o‘tadi
Joriy yilning 18-20 may kunlari poytaxtda O‘zbekiston ikkinchi xalqaro energetika forumi bo‘lib o‘tadi.
Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, forum doirasida «O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2023» 25-yubiley xalqaro ko‘rgazmasi, «Energetika, energiyani tejash, atom energetikasi, muqobil energiya manbalari – Power Uzbekistan- 2023» 16-xalqaro ko‘rgazmasi, «Yashil energetika texnologiyalari – GETCA 2023» ixtisoslashtirilgan bo‘limi va 3-Xalqaro O‘zbekiston energetika anjumani o‘tkaziladi.
Forum O‘zbekiston hukumati va Energetika vazirligi ko‘magida Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi va uning hamkorlari – CA Eurasia Group va Congresses of Central Asia – CCA tomonidan tashkil etilmoqda
Tadbirlar doirasida xorijiy va mahalliy kompaniyalar, xalqaro ekspertlar hamjamiyati vakillari ishtirokida sohaga oid dolzarb mavzularni muhokama qilish rejalashtirilgan.
Ko‘rgazma stendlarida zamonaviy asbob-uskunalar, sanoat materiallari, xomashyo va xizmatlar, jumladan, lokalizatsiyaga mo‘ljallangan namunalar namoyish etiladi.
Mavzuga oid

09:20 / 05.07.2025
O‘zbekiston-Pokiston hududlararo forumini tashkil etish rejalashtirilyapti

15:25 / 03.07.2025
O‘zbekiston - Ozarboyjon parlamentlararo forumi – Xivadagi muloqot qanday o‘tdi?

12:50 / 23.06.2025
Samarqandda BMTning Davlat xizmati forumi o‘z ishini boshladi

16:32 / 12.06.2025