Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qaysi soha vakillari kelgusida daromadlarining oshishini ko‘proq kutishmoqda? – MB aholining iste’mol kayfiyati sharhini e’lon qildi
Markaziy bank o‘tkazgan so‘rovnomada ishtirok etgan 34 foiz respondent jamg‘armalari 1 oygacha, 19 foizi 1−3 oyga yetishini ma’lum qilgan bo‘lsa, 35 foiz qatnashchi jamg‘armalari mavjud emasligini bildirgan.

Foto: Markaziy bank
Markaziy bank 2023 yil I choragi bo‘yicha aholining iste’mol kayfiyati sharhini e’lon qildi. Unda bir qancha ahamiyatli jihatni ko‘rish mumkin.
Sharhga ko‘ra, joriy yilning I choragida iste’mol kayfiyati indeksi (IKI) IV chorakka nisbatan 2,3 bandga kamayib, 23,8 bandni tashkil etgan.
Quyidagilar iste’mol kayfiyati indeksining pasaytiruvchi omillari bo‘lgan:
- aholi tomonidan xarajatlarning maqbullashtirilishi;
- kreditga bo‘lgan ehtiyojning biroz kamayishi;
- jamg‘arishga bo‘lgan moyillikning oshishi.
O‘z navbatida, daromadlarning oshishi hisobiga jamg‘armalarning ko‘payishi bo‘yicha ijobiy kutilmalar shakllanishi o‘rta muddatli istiqbolda iste’mol kayfiyati indeksiga oshiruvchi ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.
Daromad subindeksi
I chorakda kelgusi daromadlari ko‘payishini kutayotganlar ulushi avvalgi chorak natijalari kabi ko‘pchilikni tashkil etgan va ularning ulushi 68 foizga teng bo‘lgan (o‘tgan chorakda ushbu ko‘rsatkich 65 foizni tashkil etgan). O‘z navbatida, daromad subindeksi ham 0,4 bandga (2022 yilning mos davriga nisbatan esa 3,2 bandga) ko‘tarilib, 10,8 bandga yetgan.
Kelgusida daromadi oshishini kutayotgan respondentlarning aksariyati 7-10 mln so‘mgacha oylik daromadga ega bo‘lgan guruhga to‘g‘ri kelmoqda. Daromadi nisbatan pastroq (2-3 mln. so‘mgacha) bo‘lgan aholi vakillarining kelgusida daromadi ortishi bo‘yicha kutilmalari qolgan daromad guruhlariga nisbatan pastroq shakllangan.
So‘rovda maishiy xizmat, qurilish, fan-ta’lim, tibbiyot, AT va OAV hamda savdo sohalarida faoliyat yurituvchilarning daromadlari bo‘yicha optimistik kutilmalari o‘tgan chorakka nisbatan yanada ijobiylashgan. Aksincha, ishlab chiqarish, kafe-restoran va turizm sohasidagilarning kelgusidagi daromadlari bo‘yicha kutilmalari nisbatan pasaygan.
Xarajat va jamg‘arma subindeksi
O‘tgan chorakda ko‘pchilik respondentlar ta’lim, uy-joy ta’miri, davolanish, avtomobil va maishiy texnika xaridiga ko‘proq mablag‘ sarflaganlarini ta’kidlagan bo‘lsalar, kelgusi oylarda uy-joy ta’miri va xaridi uchun, ta’lim, avtomobil, davolanish va boshqa qo‘shimcha xaridlarni amalga oshirish istagida bo‘lganlar ko‘pchilikni tashkil etgan. Shu bois, ushbu tovar va xizmatlarga talabning yuqori darajada saqlanib qolinishi kutilmoqda.
Tahlillarga ko‘ra, aksariyat respondentlar (jamiga nisbatan 35 foiz) jamg‘armalari mavjud emasligini ta’kidlagan. Shuningdek jamg‘armalari 1 oygacha yetadigan respondentlar ulushi taxminan 34 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 1−3 oygacha bo‘lgan davr uchun ushbu ko‘rsatkich taxminan 19 foizga teng.
Iqtisodiyot bo‘yicha kutilmalar
Mamlakat iqtisodiyotining kelgusi 12 oy istiqbollari bo‘yicha ijobiy kutilmaga ega javoblar ulushi avvalgi chorakka nisbatan 5 foizga oshgan bo‘lsa (58 foiz), yomonlashishini kutganlar ulushi 6 foizga qisqargan.
Uzoq muddatli iqtisodiyot bo‘yicha kutilmalar qisqa muddatga nisbatan optimistik xarakterga ega bo‘lib, xususan, yaqin 3 yillik istiqbollari bo‘yicha kutilmalari avvalgi chorakka nisbatan 0,6 foiz bandga ko‘payib, 72 foizni tashkil etgan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Uzum ta’minotchilar uchun sahifani ishga tushirdi
O‘zbekiston | 16:50
-
Kreml Trampning yangi bayonotlarini tahlil qilish uchun vaqt kerakligini qayd etdi
Jahon | 15:27
-
Migrantlarga Rossiyaga kirishda tibbiy ma’lumotnoma taqdim etish majburiyati yuklanishi mumkin
Jahon | 15:24
-
Saudiya Arabistoni 170 km uzunlikdagi osmono‘par shahar loyihasini qayta ko‘rib chiqmoqda
Jahon | 15:19
Mavzuga oid

14:17
Markaziy bank dunyodagi eng yirik bank vakolatxonasini akkreditatsiyadan o‘tkazdi

07:51
Markaziy bankning banklarda tekshirish o‘tkazish tartibi o‘zgaradi

15:21 / 12.07.2025
O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 70 mlrd dollarga yaqinlashdi

21:57 / 08.07.2025