Bog‘chadagi kattalar o‘yini
Ko‘zbo‘yamachilik, ota-onalarni aldash, qing‘irlikka undaydigan kam oyliklar, asabiy bog‘chaopalar, qog‘ozda o‘tiladigan darslar va bog‘chaga borishni xohlamaydigan bolalar. Maktabgacha ta’limdagi muammolar bir-biriga bog‘liq zanjirni hosil qilgan. SUBeKTIV suhbatdoshlari ana shu zanjirning halqalari haqida so‘zlab berdi.

SUBeKTIV ta’lim tizimining holati haqidagi ko‘rsatuvlarini davom ettiradi. Loyihaning navbatdagi sonida maktabgacha ta’limdagi real voqelikka nazar tashlangan.
Suhbatdoshlarimiz – bolalar psixologi, defektolog, bog‘chalardan biridagi ota-onalar qo‘mitasi raisi va yaxshi bog‘cha izlab sarson bo‘lgan ona.
Ularning so‘zlab berganlari oxirgi yillarda tizimda bog‘chalar soni keskin ortayotgani bilan, hali sifat masalasi juda og‘riqli muammo bo‘lib qolayotganini ko‘rsatadi.
Mavzuga oid

18:46 / 31.05.2025
Qashqadaryodagi bog‘chada 2 yoshli qiz ariqqa cho‘kib halok bo‘ldi

13:21 / 28.05.2025
Yozgi oromgohlar uchun yo‘llanmani onlayn olish imkoni yaratildi

14:01 / 24.05.2025
O‘zbekistonda bolalar sayyohlik dasturi doirasida 1 mln o‘quvchi mamlakat bo‘ylab sayohat qilishi mumkin

15:30 / 22.05.2025