O‘zbekiston shaharlari va Ummon o‘rtasida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
Uzbekistan Airports rahbariyati Oman Air aviakompaniyasi vitse-prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi.

Foto: Uzbekistan Airports
Toshkentda Uzbekistan Airports kompaniyasi boshqaruvi raisi Ra’no Jo‘rayeva va Oman Air aviakompaniyasi vitse-prezidenti Xolid Abdulvahob al Balushiy o‘rtasida amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Maskat (Ummon poytaxti) va O‘zbekiston shaharlari o‘rtasida ikki tomonlama aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Muzokaralarda ham yo‘lovchi, ham yuk havo transporti masalalari muhokama qilindi.
Oman Air — bosh qarorgohi Maskatda joylashgan Ummonning asosiy aviatashuvchisi. Aviakompaniya muntazam ichki va xalqaro yo‘lovchi reyslarini, shuningdek, charter reyslarini amalga oshiradi.
Mavzuga oid

12:52 / 03.04.2025
Oman Air O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi

20:31 / 20.03.2025
Toshkent aeroportida yangi yuk terminali ochildi

16:16 / 15.03.2025
Andijon xalqaro aeroportida aerodrom rekonstruksiyasining 1-bosqichi yakunlandi

12:22 / 08.12.2024