Seul Rossiya va Belarusga uskunalar va avtomobillar eksportini taqiqladi
Rossiya va Belarusga eksport qilinishi taqiqlangan mahsulotlar ro‘yxati 57 toifadan 798 tagacha kengaytirildi, deb xabar berdi Janubiy Koreyaning "Ryonxap" axborot agentligi.

Foto: oreanda-news
Ukrainada davom etayotgan urush fonida Janubiy Koreya hukumati Rossiya va Belarusga eksport qilinishi taqiqlangan tovarlar ro‘yxatini oshirdi. Seul rasmiylari ushbu ro‘yxatning kengayganini e’lon qildi – 57 tadan 798 tagacha, deb xabar berdi "Ryonxap" axborot agentligi 24 aprel, dushanba kuni.
Yangilangan ro‘yxatga qo‘shilgan 740 dan ortiq mahsulot toifalari orasida yarimo‘tkazgichlar, kimyoviy moddalar, po‘lat, avtomobillar, texnologik uskunalar va kvant kompyuterlari bor. Shu bilan birga, cheklovlar avtomobillar, jihozlar va kompyuterlar uchun ehtiyot qismlarga taalluqli bo‘ladimi yoki yo‘qmi, aniqlashtirilmagan.
Janubiy Koreya Savdo, sanoat va energetika vazirligining ta’kidlashicha, ushbu qaror import qiluvchi mamlakatlar tomonidan mahsulotlardan qurol-yarog‘ ishlab chiqarish va harbiy maqsadlarda foydalanish ehtimoli yuqoriligi bilan bog‘liq. Shu bilan birga, Seul “istisno holatlarda” har ikki davlatga taqiqlangan tovarlarni yetkazib berish imkoniyati ko‘rib chiqilishiga va’da berdi. Yangi eksport taqiqlari 28 apreldan kuchga kiradi.
Janubiy Koreya Ukrainaga keng miqyosli bosqin boshlanganidan keyin Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi. Ushbu cheklovlar bank sektori va ayrim toifadagi mahsulotlar, xususan, mikroprotsessorlar, yarimo‘tkazgichlarni ishlab chiqarish, sinovdan o‘tkazish va tekshirish uskunalari, shuningdek, tranzistorlar va elektron jihozlar ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan dasturiy ta’minotni eksport qilishga taalluqlidir.
Tavsiya etamiz
Tramp bilan urushib qolgan Mask yangi partiya tuzmoqda
Jahon | 15:19 / 06.07.2025
Olti muloqot, natija nol. Ukraina yolg‘iz qoladimi?
Jahon | 13:10 / 06.07.2025
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sergeli city'ning ayrim bloklarida qurilish ishlari to‘xtatildi
O‘zbekiston | 21:26
-
Sergey Lavrov Ukrainadagi urushni tugatish uchun ikkita asosiy shartni aytdi
Jahon | 21:20
-
Andijonda 9 yoshli ikki bola fermer xo‘jaligi hovuziga cho‘kib ketdi
Jamiyat | 20:51
-
Chorvoq suv omboriga oqova suv quyilayotgani rad etildi
Jamiyat | 20:44
Mavzuga oid

21:20
Sergey Lavrov Ukrainadagi urushni tugatish uchun ikkita asosiy shartni aytdi

18:21
«Biz turgan joyga 3 ta raketa tushib, 30 askar halok bo‘ldi» – Rossiya armiyasiga yollangan o‘zbekistonlik qamaldi

15:04
Rossiya Markaziy Osiyo energetika tizimlarining parallel ishiga qo‘shilish niyatida

12:50