Silk Avia parvozlarni boshlamoqda. Chiptalar qanchadan sotuvga chiqdi?
O‘zbekistonning birinchi mintaqaviy aviakompaniyasi Silk Avia 25 aprel, seshanbadan ilk tijoriy reyslarini boshlaydi. Hozircha uchta samolyotga ega kompaniya O‘zbekiston ichida 6 ta yo‘nalish bo‘yicha parvozlarni taklif qilmoqda.

Foto: Silk Avia
Birinchi reyslar quyidagi yo‘nalishlarda bo‘ladi:
- Toshkent – Termiz – Toshkent (haftasiga 2 marta);
- Toshkent – Navoiy – Toshkent (haftasiga 2 marta);
- Toshkent – Namangan – Toshkent (haftasiga 4 marta);
- Toshkent – Qarshi – Toshkent (haftasiga 4 marta);
- Toshkent – Buxoro – Urganch – Buxoro – Toshkent (haftasiga 5 marta);
- Toshkent – Samarqand – Urganch – Samarqand – Toshkent (haftasiga 7 marta).
“Bizda uchta samolyot mavjud bo‘lsa-da, biz turoperatorlar tomonidan tavsiya etilgan qulay uchish va kelish vaqtlarini ta’minlagan holda uchish jadvaliga eng ommabop yo‘nalishlarni kiritmoqdamiz. Biz nafaqat Toshkentni viloyatlar bilan, balki viloyatlarni ham o‘zaro bog‘lashga harakat qildik. Yangi samolyotlar kelishi bilan, jadvallar o‘zgaradi va kengayadi”, – deyiladi aviakompaniya matbuot xizmati xabarida.
Birinchi bosqichda uch xil tarifdagi chiptalar taklif etilmoqda:
- “Oddiy” tarifi: Qo‘l yuki 5 kg gacha (gabariti 40x30x20 sm dan oshmasligi kerak). Bagaj – yo‘q. Chiptani qaytarish yoki qayta rasmiylashtirish imkoniyati – yo‘q.
- “Oson” tarifi: Qo‘l yuki 5 kg gacha. Bagaj – yo‘q. Chiptani qaytarish yoki qayta rasmiylashtirish imkoniyati – bor.
- “Omad” tarifi: Qo‘l yuki 5 kg gacha. Bagaj – 20 kg gacha. Chiptani qaytarish yoki qayta rasmiylashtirish imkoniyati – bor.
Ta’kidlanishicha, aviachiptalar narxi 180 ming so‘mdan boshlanadi. Bagaj ko‘zda tutilmagan tariflarda qo‘shimcha to‘lov evaziga bagaj olib ketish imkoniyati borasida ma’lumot berilmagan.
Silk Avia Ramazon hayiti bayrami va sotuvlar boshlanishi munosabati bilan aksiya e’lon qilgan: 30 aprelgacha barcha yo‘nalishlarga istalgan tarifdagi chiptalar eng arzon “Oddiy” tarifi narxida – marshrutga qarab 17 yevrodan 35 yevrogacha sotiladi, deyiladi rasmiy xabarda.
Chiptalarni silk-avia.com saytidan xarid qilish mumkin. Kun.uz 24 aprel soat 13:00 holatiga saytda mavjud (sotib olish mumkin bo‘lgan) ayrim yo‘nalishlardagi chiptalar narxlariga qiziqdi:
- Toshkent – Samarqand. 26, 27, 28, 29 aprel kunlariga – 187 860 so‘m, “Omad” tarifi
- Toshkent – Buxoro. 25 aprel – 1 may kunlariga – 275 528 so‘m; keyingi kunlarga – 187 860 so‘m, “Omad” tarifi
- Toshkent – Qarshi. 27 aprel kuniga – 187 860 so‘m, “Omad” tarifi
- Toshkent – Namangan. 26 aprel kuniga – 187 860 so‘m, “Omad” tarifi
- Toshkent – Termiz. 2 may kuniga – 275 528 so‘m, “Omad” tarifi
- Toshkent – Urganch. 25 aprel – 3 may kunlariga – 400 767 so‘m, “Omad” tarifi
- Buxoro – Urganch. 2 may kuniga – 275 528 so‘m, “Omad” tarifi
- Urganch – Samarqand. 26–29 aprel kunlariga – 438 338 so‘m, “Omad” tarifi
Birinchi bosqichda sotuv davomiyligi bir oy. Birinchi oyda bozordagi talab tahlil qilinadi, tariflar moslashuvchanligi oshirilishi mumkin. Kelgusida chiptalarni 6 oygacha oldindan xarid qilish mumkin bo‘ladi.
“Bizning vazifamiz odamlarni respublika bo‘ylab A nuqtadan B nuqtaga tez, ishonchli va arzon tashiydigan kam budjetli aviakompaniya yaratish edi. Parvozlar vaqti qisqa – bir soatdan ikki soatgacha. Bortda ovqatlanish, ko‘rpa-to‘shak, yostiq, salfetka va chipta narxini sezilarli darajada oshiradigan boshqa narsalar yo‘q. Biz faqat 0,25 litrli plastik qadoqlarda suv tarqatamiz. Buning evaziga aviachipta narxini temir yo‘l transporti narxiga yaqinlashtirishga muvaffaq bo‘ldik”, – deya qo‘shimcha qilgan aviatashuvchi.
Eslatib o‘tamiz, davlatga qarashli yangi aviakompaniya Uzbekistan Airports tashabbusi bilan va uning qoshida tashkil etildi. Silk Avia Yevropada ishlab chiqariladigan, nisbatan kichik hajmli ATR 72-600 samolyotlaridan foydalanadi.
2022 yil oktyabrda imzolangan prezident qaroriga asosan, Silk Avia loukoster bo‘lishi belgilangan. Kompaniya 3 yil ichida 12 ta samolyot olib, O‘zbekiston ichida va Markaziy Osiyo bo‘yicha 54 ta yo‘nalishda haftasiga 216 tagacha parvozni amalga oshirishi reja qilingan.
Tavsiya etamiz
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AKFA Group "AKFA Medline Social" nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi
Jamiyat | 17:01
-
Isroil va Eron qarama-qarshiligi: voqealar rivojining eng yomon ssenariylari qanday?
Jahon | 16:36
-
Saudiya Arabistoni O‘zbekiston fuqarolari uchun onlayn viza berishni tikladi
O‘zbekiston | 16:33
-
So‘m dollarga nisbatan 4 kunda qariyb 1,6 foizga mustahkamlandi
Iqtisodiyot | 16:29
Mavzuga oid

21:18 / 18.06.2025
Isroil sayyohlarga mamlakatdan xavfsiz chiqib ketish imkonini yaratdi

13:10 / 18.06.2025
“10 daqiqa erta borganimda samolyotda bo‘lardim” - talaba yo‘ldagi tirbandlik sabab Dreamliner halokatidan omon qoldi

12:32 / 16.06.2025
Yevropa janubida ommaviy turizmga qarshi mitinglar o‘tkazildi

11:51 / 13.06.2025