Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin elektron chaqiruv qog‘ozi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Harbiy xizmatga majbur bo‘lgan shaxslarning yagona reyestrini yaratish va elektron chaqiruv qog‘ozini joriy etish to‘g‘risidagi qonun Rossiya prezidenti tomonidan imzolandi.

Foto: kremlin.ru
Rossiya prezidenti Vladimir Putin harbiy xizmatga majbur bo‘lgan shaxslarning yagona reyestrini yaratish va elektron chaqiruv qog‘ozlarini joriy etish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Hujjat 14 aprel, juma kuni huquqiy axborot rasmiy internet portalida e’lon qilindi.
Reyestr davlat axborot resursi ma’lumotlari asosida harbiy komissarliklar tomonidan shakllantiriladi.
Harbiy xizmatni o‘tashga majbur bo‘lgan shaxslarga chaqiruv qog‘ozi olinganligi to‘g‘risida tilxat bilan yozma ravishda yoki buyurtma xati orqali yuborilishi mumkin. Elektron chaqiruv qog‘ozi davlat xizmatlari saytining shaxsiy kabinetiga joylashtirilgan paytdan boshlab topshirilgan hisoblanadi.
Agar chaqiruv qog‘ozi yozma yoki elektron shaklda topshirilmagan bo‘lsa, u reyestrga kiritilgan kundan boshlab yetti kun o‘tgach topshirilgan hisoblanadi.
Chaqiruv qog‘ozi olingan kundan boshlab 20 kun ichida harbiy komissarlikka kelmaganlarga cheklovlar qo‘yiladi. Shu tariqa, ularga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tish, transport vositalari va ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, transport vositasini boshqarish huquqi rad etilishi, kredit berish esa taqiqlanishi mumkin.
Muddatli harbiy xizmatga chaqirilishi kerak bo‘lganlar chaqiruv qog‘ozini olgan kundan boshlab, harbiy komissarlikka kelguniga qadar Rossiyadan chiqib keta olmaydi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2025 yilning iyuni G‘arbiy Yevropa tarixidagi eng issiq oy bo‘ldi
Jahon | 12:21
-
«G‘azo bu - fojia»: Tramp va Netanyahu G‘azo masalasida maxfiy uchrashuv o‘tkazdi
Jahon | 12:20
-
O‘zbekiston MDHning Shaxslarni davlatlararo qidirish shartnomasi bayonnomasini tasdiqladi
O‘zbekiston | 12:12
-
Tramp Putindan noroziligini bildirdi va «kichik syurpriz» va’da qildi
Jahon | 12:04
Mavzuga oid

12:04
Tramp Putindan noroziligini bildirdi va «kichik syurpriz» va’da qildi

17:38 / 08.07.2025
Shavkat Mirziyoyev Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

07:48 / 08.07.2025
Putin G‘arbni «Rossiyaga qarshi siyosat»ni davom ettirmaslik haqida ogohlantirdi

13:10 / 06.07.2025