Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yurgan ayolini majburan mashinasiga bosib Qashqadaryoga olib ketgan er jarimaga tortilgan
Oilaviy kelishmovchilik sabab uyidan ketib qolib Toshkent shahrida yurgan 22 yashar ayol o‘tgan yilning noyabrida ko‘chada tutib olinib, ixtiyoriga zid ravishda Qashqadaryoga olib ketilgani haqida xabar berilgandi.

Foto: Videodan skrinshot
Voqea 24 noyabr kuni Uchtepa tumanining 22-mavzesidagi ko‘p qavatli uylar oldida sodir bo‘lgan. Toshkent shahar IIBBga ko‘ra, 2000 yilda tug‘ilgan ayol eri bilan o‘rtalarida yuzaga kelgan oilaviy kelishmovchilik sababli 1 nafar farzandini turmush o‘rtog‘ida qoldirib Toshkent shahriga ketib qolgan.
Erkak otasi bilan birga ayolini qidirib topadi hamda uni Tracker rusumli mashinaga majburlab o‘tkazib, Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi uyiga olib ketadi.
Rasmiy xabarda holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilayotgani tekshiruv yakuni bo‘yicha aybdor shaxslarga qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanishi aytilgandi.
Xabarga ayol turmush o‘rtog‘i va farzandi bilan birga tushgan surat ilova qilingan.

Ayolning olib qochilishi aks etgan video “Sukut saqlama” (Nemolchi.uz) loyihasi tomonidan e’lon qilingandi.
Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovning Kun.uz so‘roviga javoban ma’lum qilishicha, ushbu holat yuzasidan 2022 yilning 24 noyabr kuni Jinoyat kodeksining 137-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Olib borilgan dastlabki tergov harakatlari vaqtida jabrlanuvchi sud tibbiy ekspertizadan o‘tkazilgan.
Sudga oid tibbiyot ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, ayolning tanasida tan jarohatlari 6 kundan ortiq bo‘lmagan, ozgina, tez o‘tib ketuvchi oqibatli bo‘lib, yengil tan jarohatlari turkumiga kirishi aniqlangan.
Tergov davomida jabrlanuvchi turmush o‘rtog‘i va qaynotasi bilan yuzlashtirilgan. Dastlabki tergov harakatlari vaqtida erkaklarning harakatlarida jinoyat alomatlari mavjud emas deb topilgan va jinoyat ishi JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan harakatdan tugatilgan.
Ammo turmush o‘rtog‘ini sudrab mashinasiga majburan joylagan erkakning harakatlarida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 52-moddasida, ya’ni “sog‘liqning qisqa muddat yomonlashuvi”da ko‘rsatib o‘tilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjudligi aniqlangan va 2022 yilning 18 dekabr kuni erkak sud tomonidan 1,2 mln so‘m miqdorida jarimaga tortilgan.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Wizz Air aviakompaniyasi O‘zbekistondan Abu-Dabiga parvozlarni to‘xtatadi
O‘zbekiston | 18:39
-
Doniyor Qodirov prezident maslahatchisi lavozimidan ketdi
O‘zbekiston | 18:34
-
Qozog‘istonda dunyodagi eng qimmat metall qazib olinadi
Jahon | 18:21
-
Rossiyada migrantlar uchun qo‘shimcha davlat bojlari joriy etilishi mumkin
Jahon | 18:16
Mavzuga oid

20:48 / 12.07.2025
Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel quriladi

16:10 / 01.07.2025
Inqiroz manzaralari: nurab yotgan issiqxonalar – har bir hududda

23:00 / 30.06.2025
Qashqadaryodagi ikkita do‘konda yong‘in chiqdi

12:58 / 28.06.2025