«Yangi O‘zbekiston» massivlarida 305 ta yangi ko‘p kvartirali uy-joy quriladi
2023 yilda «Yangi O‘zbekiston» massivlarida (38 ta) jami 837 ta (shundan 305 tasi yangi) ko‘p kvartirali uy-joylar quriladi.

Foto: KUN.UZ
Prezident farmoniga ko‘ra, 2023 yil 1 maydan:
- qurilayotgan ko‘p kvartirali uy-joylarning qurilishi yakunlangan qismini (qavatlarini) banklar tomonidan kredit ta’minoti sifatida bosqichma-bosqich garovga olish amaliyoti joriy etiladi;
- 2025 yil 1 yanvargacha ayrim qurilish materiallari va xomashyo turlarini import qilishda bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladi.
- 2024 yil 31 dekabrgacha Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan xususiy pudrat tashkilotlariga Toshkent shahrida – 9 va undan yuqori, boshqa shaharlarda – 7 va undan yuqori, qishloq joylarda – 5 va undan yuqori qavatli uy-joylar qurish uchun ajratilgan tijorat banklarining milliy valutadagi kreditlari bo‘yicha 24 oydan ortiq bo‘lmagan muddatga kafillik va kompensatsiya taqdim etiladi.
Bunda:
- kompensatsiya – kredit summasidan qat’i nazar har bir ko‘p kvartirali uy-joy uchun kreditning 5 milliard so‘mdan ortiq bo‘lmagan qismi bo‘yicha to‘lanadi;
- kafillik – kredit summasidan qat’i nazar har bir ko‘p kvartirali uy-joy uchun 2,5 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda taqdim etiladi;
- kafillik va kompensatsiyalar berish uchun maydoni 70 kvadrat metrdan oshmagan kvartiralar soni qurilayotgan uy-joydagi jami kvartiralar sonining kamida 70 foizini tashkil etishi lozim.
2023 yilda «Yangi O‘zbekiston» massivlarida (38 ta) jami 837 ta (shundan 305 tasi yangi) ko‘p kvartirali uy-joylar quriladi.
- 2023 yilda fuqarolarning alohida toifalari (harbiy xizmatchilar) uchun 4 000 ta kvartira sotib olish uchun ipoteka kreditlari ajratiladi.
- «Mening birinchi uyim» dasturi tajriba-sinov tariqasida Zangiota tumani «Turkiston» mahallasida amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kia va ADM Global O‘zbekiston termasiga JCh–2026 yo‘lida qo‘llov ko‘rsatmoqda
O‘zbekiston | 17:00
-
Tramp Eron bilan urushga qarshi edi. Ammo endi fikrini o‘zgartirgan bo‘lishi mumkin
Jahon | 16:26
-
O‘zbekiston talabalariga Yaponiyada ishlash imkoni: Daiwa House va TKXU o‘rtasida strategik uchrashuv
O‘zbekiston | 16:00
-
Narpay tumanida 16 yoshli yigit suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 15:43
Mavzuga oid

15:26 / 29.04.2025
“Yangi O‘zbekiston” universiteti faoliyati takomillashtiriladi

23:10 / 10.04.2025
Yangi O‘zbekiston ko‘chasining bir qismi 1 sentabrga qadar yopiladi

13:21 / 24.02.2025
“Yangi O‘zbekiston” massivlari uchun yangi hududlar urbanizatsiya tamoyillariga muvofiq tanlanadi

07:30 / 17.09.2024