Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda maktab hojatxonasiga o‘rnatilgan videokamera bo‘yicha chora ko‘rildi, qolganlariga-chi?
Kun.uzʼning surishtiruv maqolasidan so‘ng Samarqand tumanida joylashgan maktablarning biridagi o‘g‘il bolalar hojatxonasida o‘rnatilgan videokamera yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi. Unga ko‘ra, kamera yaroqsizligi, tarmoqqa ulanmagani, o‘rganishlardan so‘ng esa u olib tashlangani qayd etildi. Biroq maqolada ko‘rsatilgan boshqa yaroqsiz hojatxonalar bo‘yicha biror chora ko‘rilmagan, bu borada izoh ham berilgani yo‘q.

Foto: KUN.UZ
10 aprel sanasida Kun.uzʼda maktab hojatxonalari haqidagi surishtiruv maqolasi e’lon qilingandi. Unda Samarqand viloyatidagi umumta’lim muassasalari hojatxonalarining ahvoli ham ko‘rsatilgandi.
Xususan, viloyatning Samarqand tumanidagi 2 ta, Urgut tumanidagi 3 ta hamda Toyloq tumanidagi 1 ta maktab hojatxonalari sanitar talablarga javob bermasligi, abgor holatdaligi ochib berilgandi. Qolaversa, hojatxonalarning avariya holatida ekani yetmaganidek, Samarqand tumanidagi 26-maktabning hojatxonasiga videokamera o‘rnatilgani ham ma’lum qilingandi.
Holat yuzasidan Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, o‘rganishlar davomida maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari R.Sh. o‘g‘il bolalar hojatxonasida tozalikka rioya etilmayotganligi sababli, ularni tartibga chaqirish uchun hojatxonada yaroqsiz, ya’ni mulyaj kamera o‘rnattirgan.
“Ushbu kamera yaroqsiz bo‘lib, tarmoqqa ulanmagan, o‘rganishlardan so‘ng uskuna olib tashlandi. Ishchi guruhi tomonidan maktab ma’muriyati bilan tushuntirish ishlari olib borildi. Maktabda shunday vaziyatga yo‘l qo‘yganligi uchun ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari R.Sh. ga nisbatan O‘zbekiston Respublika Mehnat kodeksining 181-moddasiga asosan “Hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llandi”, – deyiladi rasmiy izohda.
Biroq rasmiy munosabatda maqolada tilga olingan viloyatdagi boshqa yaroqsiz maktab hojatxonalari bo‘yicha chora ko‘rilgan yoki ko‘rilmagani ochiqlanmagan. Kun.uz manbasiga ko‘ra, bu borada hech qanday harakat ham qilinmagan, o‘quvchilar abgor hojatxonalardan foydalanishda davom etishmoqda.
Facebook foydalanuvchilaridan biri rasmiylar Kun.uz maqolasida qayd etilgan holatlarga emas, faqatgina videokamera o‘rnatilgan hojatxona yuzasidan majburan izoh berilganini yozmoqda.
“Kun.uz Samarqand viloyatidagi turli maktablardagi hojatxonalarning ayanchli ahvoli aks etgan maqola e’lon qilgandi. Maqolada Faxriddin Hotamov suratga olgan o‘nlab rasmlardan bittasini e’lon qilgandim. Bir suratda 26-maktab hojatxonasiga kamera o‘rnatilgani aks etgandi. XTBdagi chalasavodlar esa Kun.uz maqolasi qolib ketib, mening postimga rasmiy munosabat bildiribdi. Direktor hayfsan olganmish go‘yoki. Qolgan maktablardagi rasvosi chiqib yotgan hojatxonalar haqida lom-mim deyilmagan munosabatda. Chunki ular Kun.uz maqolasini o‘qimagan-da hali. Mening bir akam bor, o‘sha akam bularga postimning linkini tashlab bergan, bular majbur munosabat bildirgan”, – deyiladi Farrux Samarqandiy nomi bilan qoldirilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, surishtiruv materialida faqat Samarqand viloyatidagi emas, balki Andijon hamda Farg‘onadagi maktab hojatxonalari haqida ham ma’lumot berilgan. Ammo bu borada hozircha vazirlik ham, hududiy boshqarmalar ham rasmiy izoh bergani yo‘q.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

15:48 / 14.07.2025
The Samarkand express poyezdi loyihasi uchun 25 mln dollar investitsiya kiritilyapti

20:48 / 12.07.2025
Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel quriladi

22:00 / 05.07.2025
«Samarqand qog‘ozi» geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

08:25 / 05.07.2025