«Humo» xokkey klubi Qozog‘iston chempionatida ikkinchi o‘rinni egalladi
Toshkentliklar finalda Astananing «Nomad» klubiga yutqazdi.

Xokkey bo‘yicha Qozog‘iston Pro-Ligasining 2022/23 mavsumi yakunlandi.
Toshkentning «Humo» klubi turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etdi. «Qanotlilar» pley-offning final bosqichigacha yetib borishdi va Astana shahrining «Nomad» klubiga 4 ta g‘alabagacha bo‘lgan o‘yinlar seriyasida 1:4 hisobida yutqazishdi.
«Humo» xokkey klubi 2018 yilda tashkil etilgan bo‘lib, uy o‘yinlarini Toshkentning «Humo Arena»sida o‘tkazadi.
Klubga rossiyalik Yevgeniy Popixin bosh murabbiylik, latviyalik Normunds Seyyeys bosh menejyerlik qiladi.
«Humo» tarkibi asosan rossiyalik va qozog‘istonlik xokkeychilardan shakllangan.
Mavzuga oid

20:13 / 01.07.2025
Qozog‘istonning Rossiya bilan chegarasida yuk mashinalari to‘planib qoldi

20:14 / 30.06.2025
Qozog‘istonda jamoat joylarida yuzni yopish taqiqlandi

19:42 / 30.06.2025
Qozog‘istonning sobiq adliya vaziri 9 yilga qamaldi

17:57 / 28.06.2025