Namanganda voyaga yetmagan qizning nomusiga tekkan shaxs qidirilmoqda. IIV uni topishda jamoatchilikdan yordam so‘radi
Qidiruvga berilgan 34 yashar erkak viloyat ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasida nazoratda turishi, muqaddam sodir etgan jinoyatlari uchun 5 marta sudlangani ma’lum qilingan. Qayd etilishicha, u avval ham voyaga yetmagan qizni zo‘rlagani uchun sudlangan.

Foto: Ichki ishlar vazirligi
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangandagi uylardan biri maxsus kiyimdagi xodimlar tomonidan o‘rab olingani, hovlida ham fuqaro kiyimidagi xodimlar yurgani va ayol kishining jazavaga tushgancha ularga qarab baqirayotgani aks etgan video tarqaldi.
IIV axborot xizmatining bildirishicha, tasvirda Namangan shahri O‘zbekiston ko‘chasidagi xonadon aks etgan bo‘lib, bu yerda yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan Sherzod Umarov 1 aprel kuni soat 23:30larda Namangan shahrining Bobur bog‘idan voyaga yetmagan qizga o‘zini taksichi sifatida tanishtirib, uyiga olib borib qo‘yishini aytgan. U mashinasiga o‘tirgandan so‘ng esa noma’lum manzildagi uyga olib borib, zo‘rlik ishlatib nomusiga tekkan.
“Sh.Umarovning jinoyatga oid harakatlari Bobur bog‘i va atrof ko‘chalardagi kuzatuv kameralarida aks etgan. Shuningdek, hozirda jabrlanuvchining kiyimlari, badanidagi tan jarohatlari va zo‘rlik alomatlari yuzasidan tegishli sudga oid tibbiy ekspertizalar tayinlangan.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 118-moddasi (Nomusga tegish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat sodir etishda gumonlangan Sh.Umarovni qo‘lga olish maxsus tadbiri jarayonida oila a’zolari tomonidan xodimlarga faol qarshilik ko‘rsatilishi oqibatida gumonlanuvchi yashirinishga muvaffaq bo‘lgan”, deyiladi rasmiy bayonotda.
Sherzod Umarov, bundan tashqari, 27 mart kuni soat 12:30 larda Namangan shahar Yoshlar majmuasi yonidagi chorrahada velosipedda xarakatlanib ketayotgan vaqtida yo‘lini to‘sganini vaj qilgan holda «VAZ-2106» rusumli avtomashinasida harakatlanib ketayotgan ikki yosh yigitni do‘pposlab, voqea joyidan yashiringan. Sud-tibbiyot ekspertizasining xulosasiga ko‘ra fuqarolarga o‘rtacha va yengil tan jarohati yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan ham gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 3-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
IIV Umarov Sherzod Husniddinovich «Epilepsiya kasalligi bilan bog‘liq shaxsiyatning chuqur buzilishi, birlamchi generalizatsiyalashgan talvasa xurujlari» tashxisi bilan Namangan viloyat ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasi 3-majburiy davolash bo‘limida nazoratda turadi.
U muqaddam:
- JKning 277-moddasi (Bezorilik) 3-qismi «a» bandi bilan (28.12.2006 yilda);
- JKning 169-moddasi (O‘g‘rilik) 3-qismi «a» bandi bilan (23.05.2007 yilda);
- JKning 165-moddasi (Tovlamachilik) 2-qismi «v» bandi, 227-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan (10.09.2008 yilda);
- JKning 118-moddasi (Nomusga tegish) 2-qismi «v, g» bandi hamda 3-qismi «a» bandi, 119-moddasi (Jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 2-qismi «v, g» bandi, 164-moddasi (Bosqinchilik) 3-qismi «a,v»bandi, 166-moddasi (Talonchilik) 2-qismi «v» bandi, 138-moddasi (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) 2-qismi «a» bandi, 277-moddasi (Bezorilik) 2-qismi «v, b» bandi, 127-moddasi (Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish) 2-qismi «a» bandi bilan (04.05.2013 yilda),
- JKning 104-moddasi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 2-qismi «v, ye, l» bandlari bilan (24.04.2021 yilda) sudlangan.
Vazirlik qidiruvga berilgan erkakning suratini ham e’lon qilib jamoatchilikdan uni topishda yordam berishni so‘ragan. O‘z navbatida gumonlanuvchi ruhiy xastaligi hamda nihoyatda tajovuzkor ekanligini ta’kidlab, uni uchratgan shaxslarga ehtiyot bo‘lish zarurligini eslatgan.
Tavsiya etamiz
Tramp bilan urushib qolgan Mask yangi partiya tuzmoqda
Jahon | 15:19 / 06.07.2025
Olti muloqot, natija nol. Ukraina yolg‘iz qoladimi?
Jahon | 13:10 / 06.07.2025
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sergeli city'ning ayrim bloklarida qurilish ishlari to‘xtatildi
O‘zbekiston | 21:26
-
Sergey Lavrov Ukrainadagi urushni tugatish uchun ikkita asosiy shartni aytdi
Jahon | 21:20
-
Andijonda 9 yoshli ikki bola fermer xo‘jaligi hovuziga cho‘kib ketdi
Jamiyat | 20:51
-
Chorvoq suv omboriga oqova suv quyilayotgani rad etildi
Jamiyat | 20:44
Mavzuga oid

17:51
Prezidentga Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi bo‘yicha hisobot berildi

15:10 / 18.06.2025
Hindistonlik yoshlar Namanganda oliy ta’lim olishga jalb qilinadi

22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

01:49 / 27.05.2025