Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Qatargeyt» ishtirokchisi qamoqxonadan uy qamog‘iga o‘tkaziladi
Per Antonio Panseri Yevropa parlamentidagi korrupsiya mojarosini tergov qilishda yordam to‘g‘risida va’da berib, tergov bilan kelishuvga erishdi. Buning evaziga unga yengilroq jazo va’da qilingan.

Per Antonio Panseri / Foto: AFP
Yevroparlamentda «Qatargeyt» nomini olgan korrupsiya mojarosida asosiy gumonlanuvchilardan biri Per Antonio Panseri tez orada qamoqxonadan uy qamog‘iga o‘tkaziladi. Bu haqda 6 aprel, payshanba kuni Panserining advokati Loran Kennes jurnalistlarga ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Yevroparlamentning sobiq deputati bo‘lgan 67 yoshli italiyalik sudgacha elektron bilaguzuk bilan uyda saqlanadi.
Panseri yanvar oyida Belgiya prokuraturasi bilan kelishuvga erishib, tergov bilan to‘liq hamkorlik qilishga va mojaro tergoviga hissa qo‘shishga va’da berdi. Natijada, unga qisqartirilgan jazo berilishi mumkin.
Yevroparlamentdagi korrupsiya mojarosi o‘tgan yilning dekabr oyida boshlangan. YeP vitse-prezidenti Yeva Kayli va bir necha deputatlar uning ishtirokchisiga aylandi. Belgiya prokuraturasi Qatar va Marokash ular orqali «katta miqdorda pul va sovg‘alar yordamida Yevroparlament qarorlariga ta’sir o‘tkazishga» uringanlikda gumon qilmoqda. Har ikki davlat ham barcha ayblovlarni rad etdi. Mojaroni tergov qilish jarayonida Belgiya rasmiylari 1,5 million yevro naqd pulni musodara qilgan.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindiston davlat neftni qayta ishlash zavodlari Rossiyadan neft sotib olishni to‘xtatdi
Jahon | 10:57
-
Lazer epilyatsiyasi teri saratonga sabab bo‘ladimi? Mutaxassislar javob berdi
Ayollar dunyosi | 10:51
-
Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi
O‘zbekiston | 10:44
-
Davlat xaridlari tizimi operatori faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi
O‘zbekiston | 10:34
Mavzuga oid

16:51 / 01.04.2025
Qatargeyt: Netanyahu maxsus bo‘lim tomonidan so‘roq qilingan, uning maslahatchilari hibsga olingan. Mojaro mohiyati nimada?

15:15 / 11.02.2023
«Qatargeyt» korrupsiya ishi bo‘yicha ikki yevrodeputat qo‘lga olindi

09:56 / 17.01.2023