Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Cherokee’dan Camry’gacha – iste’foga chiqishi kutilayotgan “temir tulporlar”
Avtosanoat dunyosidagi istalgan modelning tarixi qachondir baribir o‘z nihoyasiga yetadi. Buning sabablari esa turlicha bo‘lishi mumkin: masalan, talabning kamayib ketishi, o‘rnatilgan ekologik talablarga javob berolmay qolishi va hokazolar. Quyida tez orada konveyerdan olinishi kutilayotgan avtomobillar haqida hikoya qilinadi.
Jeep Cherokee
Mazkur model yig‘iladigan zavod ayni damda faoliyatini to‘xtatib turibdi. Biroq kompaniya 1974 yilda dunyo yuzini ko‘rgan ushbu model nomidan voz kechmoqchi emas. Ishlab chiqaruvchining Cherokee borasida rejalari borligi aytilmoqda, biroq u hali ommaga oshkor qilingani yo‘q.
Butlovchi qismlarning yetishmasligi ortidan mashinaga bo‘lgan talab kamaydi, oqibatda uni yig‘ish to‘xtatildi. 2022 yilda Cherokee savdosi 60 foizdan ko‘proqqa tushib ketdi. Shu bilan birga Jeep brendiga egalik qiladigan Stellantis kompaniyasi endilikda e’tiborni elektromobillarga qaratishni rejalashtirayotgani ortidan Cherokee’ning taqdiri so‘roq ostida qolib turibdi.
Rolls-Royce Wraith
Ishlab chiqaruvchi kupe sinfidagi Rolls-Royce Wraith hamda kabriolet Rolls-Royce Dawn’dan voz kechadi. Ular bilan birga V12 dvigateli ham tarixga aylanadi. Kompaniyaning kelajakdagi barcha rejalari elektromobillar bilan bog‘liq bo‘ladi. Shu bilan birga ishlab chiqaruvchi afsonaviy Wraith bilan ikki eshikli Black Arrow Collection versiyasini chiqarish bilan xayrlashishga qaror qilgan.
U atigi 12 dona ishlab chiqariladi va hatto narxi e’lon qilinmasidan sotib bo‘lingan. Xayrlashuv modeli faqat kuzovning o‘ziga xos rangi va intererning o‘zgacha bezatilishi bilan yodda qoladi, chunki dvigatelda hech qanday o‘zgarish yo‘q. Unga odatga ko‘ra 6,6 litr hajmga ega 632 ot kuchini beradigan turbodvigatel o‘rnatilgan.
Skoda Fabia, Kamiq va Scala
Yevroittifoq Yevro-7 standartini qabul qiladigan bo‘lsa, Chexiyaning yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi Skoda zavodlaridan birini yopishiga va birdaniga 3 modelini ishlab chiqarishni to‘xtatishga majbur bo‘ladi.
Budjet modellarini yangi talablarga moslashtirish iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlamaydi. Ayrim ishlab chiqaruvchilar fikriga ko‘ra, ular uchun qilinadigan xarajatlar hatto Yevropada ichki yonuv dvigatelli avtomobillar butkul taqiqlanadigan 2035 yilgacha ham o‘zini o‘zi qoplamaydi.
Dodge Challenger
Dodge’ning sedan sinfiga mansub Charger va kupe Challenger’idan voz kechiladi. Modelning so‘nggi modifikatsiyasi Challenger SRT Demon 170 dreg poygalar uchun mo‘ljallanganiga qaramay oddiy yo‘lda harakatlanish uchun ham taqdim etilgan.
6,3 litr hajmli V8 dvigateli 1025 ot kuchiga ega bo‘lgan. Dvigatel 8 pog‘onali avtomat uzatma qutisi bilan birga ishlaydi. Uning tiraji 3300 ta bo‘lib, shundan 3000 tasi Amerika, 300 tasi esa Kanada bozori uchun mo‘ljallangan.
Toyota Camry
Yapon ishlab chiqaruvchisi o‘zining taniqli sedanini sotuvdan oladi, faqat hozircha mahalliy bozordan. Camry modeli 43 yil avval bozor yuzini ko‘rgan, butun dunyo bo‘ylab 21 million nusxada sotilgan. Shundan 1,3 millioni Yaponiya bozoriga to‘g‘ri kelsa-da, talab doimiy ravishda pasayib bormoqda.
2022 yilda ishlab chiqarilgan 600 ming avtomobildan atigi 6 mingtasi mahalliy bozorda sotilgan xolos. Camry dunyoning 100 dan ortiq bozorida qolishi kutilmoqda. Modelga qiziqishning tushib ketishiga sabab sifatida krossoverlarning ommalashib borayotgani ko‘rsatilmoqda.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Gurjiston TIV hamkorlik dasturini imzoladi
O‘zbekiston | 13:46
-
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40
-
Germaniya biznesi o‘zbekistonlik yoshlarni stajyor va malakali ishchilar sifatida ishga jalb qiladi
O‘zbekiston | 13:39
-
O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatdan kelayotgani aytildi
O‘zbekiston | 13:20
Mavzuga oid

13:40
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina

17:15 / 10.07.2025
12,6 ming dollarga krossover - Geely Icon 2026 taqdim etildi

12:45 / 08.07.2025
UzAuto Motors'ning sof foydasi keskin kamaydi. Nega?

23:11 / 04.07.2025