Saudiyaning niyati nima: AQShdan real uzoqlashishmi yoki kelishuvni yangilash?
Oldinlari kovboylarda bitta qiliq bo‘lgan. Qo‘lini pistolet ustiga olib kelib, tayyorlanib turishgan: signal bo‘lishi bilan birinchi bo‘lib dushmanini otishgan yoki qo‘lini ko‘tarib o‘yindan chiqishgan. Bu – psixologik qo‘rqitish vositasi bo‘lgan. Saudiya Arabistonining Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga qiziqishi ham shu psixologik o‘yinni eslatadi.

Arxiv surat Saudiya axborot agentligidan olindi.
Rostdan ham Saudiya ShHTga a’zo bo‘lib, bu lagerga o‘tmoqchimi, yoki Amerikani qo‘rqitib, narxini oshirib, yana AQSh ittifoqchilari safida qolmoqchimi – buni aytish qiyin.
Keyingi 80 yilda AQSh-Saudiya – barqaror ittifoqchilar edi. Ba’zan inqirozlar bo‘ldi. Bu munosabatlarda juda katta ziddiyat yashiringan. Savdo-iqtisodiy hamkorlik juda qalin. Geosiyosiy aloqalar ham ancha mustahkam edi. Lekin, bu davlatlarning geomafkuraviy qarashlari, bir-birini qisman yoki keskin inkor qilardi. Amerikaning geomafkurasi – liberalizm. Saudiyaniki – islomiy konservatizm.
1945 yilda Abdulaziz ol-Saud va prezident Ruzvelt o‘rtasida Kuinsi kemasida tarixiy kelishuvga erishilgan edi: ikki davlat ittifoqchi bo‘ladi, AQSh bu davlatning xavfsizligini ta’minlashda yordam beradi, ichki ishlariga aralashmaydi, Saudiya neft bilan ta’minlaydi, lekin Isroilga qo‘l ko‘tarmaydi.
Shu kelishuvni 2001 yilda Bush qayta ko‘rib chiqish niyatida bo‘ldi. Lekin qo‘lidan kelmadi. Afg‘oniston va Iroqdan keyin, Saudiya izdan chiqsa, AQShning o‘zi butun musulmon dunyosi bilan to‘qnashishini tushungandi.
Mana endi, Saudiyaning o‘zi AQShdan uzoqlashish uchun, signal beryapti. Savol – rostanmi? Yoki, bu narxni oshirish vositasimi? Saudiya rostdan ham AQSh orbitasidan chiqmoqchimi?
Agar Saudiya o‘zining ittifoqchi arab davlatlari bilan, neft va gazni dollarda emas, boshqa valutalarda sota boshlasa, AQSh iqtisodiy qudrati yemirila boshlaydi. Dunyoda haqiqatda kuchlar nisbati o‘zgarishi, jiddiy tezlashadi. Saudiya allaqachon mintaqaviy emas, global o‘yinchiga aylanib bo‘lgan. Saudiya – Isroil va boshqa ko‘plab omillar sabab, AQShdan norozi. Lekin Xitoyga uyg‘urlar borasida nimadir deya oladimi?
Tabiiy, Saudiya uchun, AQSh va Xitoy o‘rtasida shakllanadigan munosabatlarda, avvalo Ar-Riyodning milliy manfaatlarini qondirish birinchi o‘rinda turadi. Jumladan, AQSh tomonidan valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonga bo‘lgan bosimlarni juda og‘riqli qabul qildi.
Qolaversa, arab-musulmon ko‘chasini norozi qilib kelayotgan katta masala – Isroil-Falastin mojarosi va bu mojarodagi AQShning bir yoqlama siyosati. Yaqinda Saudiya Arabistoni Eron bilan yarashib, Vashingtonga “mana, siz bizni doim Eron bilan qo‘rqitasiz, biz esa Eron bilan yarashib ham oldik!” degan mujda yo‘lladi. Yarashuvga Pekin vositachilik qilgani, AQShga ikki baravar yoqmadi. Lekin Vashington bu norozilikni yashirishga urinmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda, dunyo geosiyosatida Turkiya prezidenti Erdog‘an tomonidan mahorat bilan ijro etilgan “qudratli davlatlar bilan muttasil savdolashish va qil ustida geosiyosiy dorvozlik ko‘rsatish” san’ati, endi Saudiya va boshqa davlatlar tomonidan ham takrorlanmoqda.
Kamoliddin Rabbimov,
siyosatshunos
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karachi va O‘zbekiston shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 12:31
-
Hafta davomida harorat asta-sekin pasayishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 12:31
-
Toshkentdagi mahallada giyohvandlik vositasini iste’mol qilgan yosh yigitlar aniqlandi
Jamiyat | 12:05
-
Navbahor Hamidova jahon kubogida chempion bo‘lgan birinchi o‘zbekistonlik ayol bokschi bo‘ldi
Sport | 11:56
Mavzuga oid

17:41 / 06.07.2025
AQShda qullikni bekor qilish haqidagi hujjat 13,7 mln dollarga sotildi

15:19 / 06.07.2025
Tramp bilan urushib qolgan Mask yangi partiya tuzmoqda

11:10 / 06.07.2025
“Sun’iy intellekt bizni ishsiz qoldirmaydi, lekin...” - AQShdagi o‘zbek tadqiqotchisi bilan suhbat

22:28 / 05.07.2025