Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda erkaklarga OITS yuqtirgan andijonlik 21 yoshli ayol qamoqqa olindi
Marhamat tumanida yashovchi ayol 2018 yilning may oyidan beri Andijon, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari hududlarida yurib, turli shaxslar bilan betartib jinsiy aloqaga kirishgan.

Videodan kadr
Buxoro viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2002 yilda tug‘ilgan ayol 2018 yilning 18 mart kuni Andijon viloyati OITSga qarshi kurashish markazi tomonidan OIV infeksiyasini yuqtirib olgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingan. U kasallikni boshqa shaxsga yuqtirgan taqdirda jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirilgan.
Ammo yengil hayotga o‘rganib qolgan ayol 2018 yilning may oyidan bugunga qadar Andijon, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari hamda Qirg‘iziston Respublikasining chegara tumanlari hududlarida yurib, turli shaxslar bilan betartib jinsiy aloqa qilgan. U shu tartibda kasallikni boshqalarga qasddan yuqtirib kelgan.
Shuningdek, Buxoro shahrida vaqtincha ijarada yashagan ayol 2023 yilning 12-13 mart kunlari Romitan tumanining cho‘l hududida tumanning Bog‘isaydon mahallasida yashovchi 2001, 2002 va 2005 yilda tug‘ilgan yigitlar bilan bir necha bor jinsiy aloqada bo‘lgan.
Ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 113-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda unga nisbatan qamoqqa olish tartibidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda Buxoro viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksi 113-moddasining 4-qismiga ko‘ra, bila turib, boshqa shaxsni OITSni yuqtirish xavfi ostida qoldirish yoki unga OITSni yuqtirish 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Toshkent–Shanhay o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekiston | 08:45
-
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar qachon joriy etilishini aytdi
Jahon | 08:17
-
Buxoro viloyatida sayyohlik halqasi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 07:54
Mavzuga oid

07:31
YuNEYDS: Sharqiy Yevropada OITS bilan bog‘liq o‘limlar ko‘paymoqda

13:57 / 28.04.2025
Toshkent viloyatida OITS tarqatilishi bilan bog‘liq ikkita jinoiy holat aniqlandi

17:27 / 02.12.2024
OITVga qarshi yangi dori - deyarli 100 foiz samarali, ammo juda qimmat

23:55 / 26.11.2024