Prognoz: 2050 yilda dunyo aholisi soni eng yuqori ko‘rsatkichga chiqishi mumkin

Foto: Getty Images
Rim klubining Earth4All modeliga ko‘ra, aholi sonining eng yuqori ko‘rsatkichlari BMT kutganidan past bo‘lishi mumkin. Rivojlanish tendensiyalari davom etsa, bu ko‘rsatkich 2050 yilda 8,6 milliardga yetishi mumkin.
Agar hozirgi rivojlanish tendensiyalari davom etsa, dunyo aholisi 2050 yilda 8,6 milliardga yetishi va 2100 yilga borib 7 milliardga tushishi mumkin. Bu haqda 27 mart, dushanba kuni Britaniyaning New Scientist jurnali xabar berdi. U Rim klubi xalqaro jamoat tashkiloti tashabbusi doirasida ishlab chiqilgan Earth4All modeli ma’lumotlariga tayangan.
Shu bilan birga, 2100 yilga borib taxminiy ko‘rsatkich boshqa prognozlarga qaraganda 2-3 milliardga kam.
Agar rasmiylar qashshoqlik va tengsizlikni kamaytirishga sarmoya kiritsa, 2040 yilda 8,5 milliardlik eng yuqori ko‘rsatkichga erishiladi, 6 milliardga pasayish esa asr oxiriga borib kuzatiladi, deydi ekspertlar.
«Raqamlar ilgari o‘ylagandek qo‘rqinchli bo‘lmasa ham, bu bizda muammolar yo‘qligini anglatmaydi», — dedi Earth4All hisoboti mualliflaridan biri Beniamino Kallegari.
2022 yilning yozida BMT o‘z hisobotini e’lon qildi, unga ko‘ra, 2080 yilga borib aholi soni 10,4 milliardga yetadi. 2022 yil noyabr oyida BMT ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo aholisi 8 milliarddan oshib ketdi.
«Biz bilamizki, past daromadli mamlakatlarda jadal iqtisodiy rivojlanish tug‘ilish darajasiga katta ta’sir ko‘rsatadi», dedi Earth4All loyihasi menejyeri Per Espen Stoknes. «Qizlar ta’lim olish imkoniga, ayollar iqtisodiy yordamga va yaxshi sog‘liqni saqlash xizmatidan foydalanish imkoniga ega bo‘lganda, bu pasayadi», deya qo‘shimcha qildi u.
Avvalroq BMT 8 milliardlik ko‘rsatkich ortda qoldirilganini izohlar ekan: «Bu misli ko‘rilmagan o‘sish sog‘liqni saqlash, ovqatlanish, shaxsiy gigiyena va tibbiyot sohalarining yaxshilanishi hisobiga o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligining bosqichma-bosqich o‘sishi bilan bog‘liq», deb ta’kidlagan edi. «Bu, shuningdek, ayrim mamlakatlarda tug‘ilishning yuqori va barqarorligi natijasidir», deya qo‘shimcha qildi tashkilot.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘n minglab bedarak yo‘qolgan suriyalikning taqdiri noma’lumligicha qolmoqda
Jahon | 14:42
-
Rossiya va Ukraina halok bo‘lgan askarlar jasadini almashdi
Jahon | 14:23
-
"Amerika ovozi" yana xodimlari sonini qisqartiradi
Jahon | 14:21
-
Misrda O‘zbekiston texnologiyalari asosida traktor ishlab chiqariladi
O‘zbekiston | 13:42
Mavzuga oid

12:10 / 30.05.2025
O‘zbekiston hududlari bo‘yicha aholining o‘rtacha yoshi ochiqlandi

00:12 / 26.05.2025
Yer qa’rida ulkan oltin zaxiralari borligi aniqlandi

09:50 / 24.05.2025
O‘zbekistonliklarning o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi necha yoshligi aytildi

18:43 / 08.05.2025