Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Amerika ovozi" yana xodimlari sonini qisqartiradi
"Amerika ovozi" xodimlarini qisqartirishning yangi bosqichini boshdan kechirmoqda. NYT ma’lumotlariga ko‘ra, 600 dan ortiq xodimga ishdan bo‘shatilishi to‘g‘risida bildirishnomalar yuborilgan.

Foto: Annabelle Gordon/Sipa USA/picture alliance
"Amerika ovozi" (Voice of America, VOA)ni moliyalashtirish uchun mas’ul bo‘lgan Amerika Qo‘shma Shtatlarining Global media agentligi (USAGM) mediakorporatsiyada xodimlarni qisqartirishning yangi bosqichini boshladi. Bu haqda 20 iyun, juma kuni radiostansiya direktori Maykl Abramovits ma’lum qildi. The New York Times (NYT) nashrining aniqlik kiritishicha, 600 dan ortiq xodimga ishdan bo‘shatilishi to‘g‘risida bildirishnomalar yuborilgan.
Bu ishchi kuchini 200 nafargacha qisqartiradi, ya’ni 2025 yil boshida uning xodimlari sonining yettidan bir qismigacha. «Amerika ovozi» jurnalistlari va texnik xodimlari 1 sentabrgacha ishdan bo‘shatiladi, ungacha ular haq to‘lanuvchi ta’tilda bo‘ladi.
«Hech qanday aniq strategiya yoki maqsadsiz bu qisqartirishlar chuqur zarar keltiradi. Agar nazorat qilinmasa, ular Qo‘shma Shtatlar milliy xavfsizligiga zarar yetkazadi», — dedi Abramovits. Uning ta’kidlashicha, mediakorporatsiya bu xatti-harakatlarga sud orqali e’tiroz bildirishda davom etadi.
Mavzuga oid

14:09 / 26.06.2025
USAGM maxsus maslahatchisi «Amerika ovozi»ni «utilizatsiya qilish»ga chaqirdi

15:06 / 24.02.2024
«Ish bu – shunchaki ish» – nega hozirgi yoshlar ishni faqat moddiy tarafiga qarab tanlaydi?

18:26 / 21.02.2024
«Xodimni zombi kabi manipulyatsiya qilib ishlatishadi»: davlat xizmatchilarining ayollari nima deydi?

11:51 / 02.12.2023