Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dmitriy Medvedevning Germaniyaga tahdididan maqsad nima?
Rossiyaning sobiq bosh vaziri va prezidenti, hozirda Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Germaniyaga raketalar hujumi bilan tahdid qildi.

Foto: Sputnik / Dmitriy Astaxov
Germaniya davlat mulozimlari yaqinda Haaga tribunali tomonidan Putinga nisbatan qidiruv e’lon qilganiga munosabat bildirib, “agar Putin Germaniyaga kelsa, biz uni qamoqqa olishga majbur bo‘lamiz” degan ma’noda fikr bildirishgan.
Bunga javoban, Medvedev “Rossiya – yadroviy qudratli davlat. Uning prezidenti V.Putinning qamoqqa olinishi – urush e’lon qilinishini bildiradi. Agar V.Putin qamoqqa olingudek bo‘lsa, shu zahoti Germaniyaga Rossiyaning yadroviy raketalari uchadi” degan.
Xo‘sh, Putin shu yaqin orada Germaniyaga borishi kutiladimi? Germaniya ham Putinni taklif qilishdan manfaatdormi? Agar borsa, nima bo‘ladi?
Putin – nihoyatda ehtiyotkor siyosatchi. Misol uchun, oldingi Rossiya prezidenti Boris Yelsin bilan qiyoslaganda, Yelsin kutilmagan qarorlari, shijoati va jasorati bilan boshqalardan ajralib turardi. Lekin, Putin juda ehtiyotkor, uning fikrlashi va harakatlar mantig‘i yaxshi o‘rganilgan. Putin o‘z hayotiga tahdid yoki risk soladigan vaziyatlardan qochadi.
Jumladan, koronavirus boshlanganida, o‘z sog‘lig‘ini o‘ylab, jiddiy ihotalandi, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, yerosti bunkeriga tushib yashadi. Ukraina urushi boshlangach, o‘z xavfsizligini o‘ylab, tashqi dunyoga deyarli chiqmay qo‘ydi. U uchrashadigan “xalq vakillari”, “oddiy odamlar” ko‘pincha Rossiya maxsus xizmati xodimlari ekani ham yaxshi o‘rganilgan.
Germaniya – Rim statutiga to‘liq qo‘shilgan, ikkinchi jahon urushidan qattiq pushaymon yegan, ya’ni xalqaro jinoyatlar borasida Haaga sudi bilan hamkorlikdan qochishning salbiy oqibatlarini yaxshi anglaydigan davlat sifatida ko‘riladi. Shu holatlarni bila turib, Putinning Germaniyaga borishi – o‘zining xavfsizligini va Germaniyaning qat’iyligini sinab ko‘rishdan boshqa narsa emas. Putin esa bunaqa masalalarda risk qilishni yoqtirmaydi.
Boshqa tomondan, Germaniya ham Vladimir Putinni taklif qilib, o‘zini noqulay ahvolga solishni xohlamaydi. Agar taklif qilsa, unga xavfsizlik borasida, immunitet borasida va’dalar va kafolatlar berishi kerak. Qanday qilib, “agar bizga kelsangiz, biz sizni qamoqqa olishga majbur bo‘lamiz!” deyilganidan keyin ham Putin Germaniyaga borishi mumkin?!
Qolaversa, Germaniya Rossiyaning xavfli davlat ekanini yaxshi biladi. Bu tahdidlarni Medvedev eslatishi shart emas. Haaga qidiruvidan keyin, nafaqat Germaniya, balki boshqa ko‘plab o‘zini va xalqaro huquqni hurmat qilgan davlatlar, Putinni o‘z diyorlariga taklif qilishmaydi. Bu bilan, RF prezidentining xalqaro maydonda ihotalanishi, jiddiy kuchayadi.
Misol uchun, Vladimir Putin Germaniyaga bordi ham deylik. Germaniya oldida dilemma paydo bo‘ladi. Putinni qamoqqa olish orqali, Rossiya bilan urush holatiga kirish. Yoki V.Putinni qamoqqa olmaslik sababli, Haaga tribunalining ma’lum noroziliklari va tanqidlariga uchrash. Germaniya, avvalo, bunday dilemmaning oldini olgan bo‘ladi. Agar shunday tanlov paydo bo‘lganda ham, o‘zining manfaatlari uchun, zarari kamrog‘ini tanlaydi. Bu, Haaga noroziligiga sababchi bo‘lsa-da, Rossiya bilan urushga yo‘l qo‘ymaslik hisoblanadi.
Agar e’tibor berilsa, aynan D.Medvedev Rossiya elitasida eng keskin, ba’zan radikal bayonotlar bilan chiqayotgan siyosatchiga aylandi. Bir vaqtlar Medvedev “liberal”, “g‘arbparast”, “tinchlikparvar kabutar” sifatlar bilan tasvirlanar edi.
Lekin, keyingi yillarda Medvedev ancha radikallashdi. Eng keng tarqalgan fikr shuki, u Rossiya prezidenti Putinning e’tibori uchun kurashmoqda. U Putinga “men hali ham sening siyosiy kursingga sodiqman, men kuch ishlatar tizimlardan ko‘ra jur’atliroqman! Hokimiyatni yana menga ishonsang bo‘ladi!” demoqda.
Lekin, Medvedevning bu qadar radikal urinishlari unga yana bir marta prezidentlik kursisini olib kelarmikan? Ehtimoli kam! 2024 yilgi saylovlarda Putinning o‘zi qoladi. Putin qulaganda esa, Medvedevda yangi imkoniyat bo‘lmaydi. Chunki Ukraina urushidan keyin, nafaqat bitta Putin, balki uning komandasi – kollektiv Putin hokimiyatdan ketadi.
Kamoliddin Rabbimov,
siyosatshunos
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Markaziy bankning banklarda tekshirish o‘tkazish tartibi o‘zgaradi
O‘zbekiston | 07:51
-
Avstraliya Tayvan uchun urush boshlangan taqdirda o‘ziga hech qanday majburiyatni olmaydi
Jahon | 07:47
-
Farmatsevtika agentligining asosiy vazifalari qayta ko‘rib chiqiladi
O‘zbekiston | 07:43
-
Londonda Palestine Action tashkiloti tarafdorlari qo‘lga olindi
Jahon | 07:30
Mavzuga oid

23:54 / 14.07.2025
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin

21:01 / 14.07.2025
Tramp Rossiyaga Ukraina bilan kelishuvga erishish uchun 50 kun muhlat bermoqchi

20:19 / 14.07.2025
Rossiya sudi yozuvchi Boris Akuninni sirtdan 14 yillik qamoqqa hukm qildi

19:03 / 14.07.2025