Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada safarbarlik davridagi «samovolka» uchun 471 ta ish ochildi
Rossiyada safarbarlik davrida qat’iylashtirilgan moddalar bo‘yicha harbiy xizmatchilarga nisbatan ishlarning soni oy sayin ortib bormoqda, deb yozadi «Mediazona».

Foto: udminfo
Ukrainada urush boshlanganidan beri Rossiya garnizon sudlari so‘roqsiz harbiy xizmat joyini tashlab ketish, buyruqlarni bajarmaslik, dezertirlik va safarbarlik davrida qat’iylashtirilgan boshqa moddalar bo‘yicha 247 ta ishda hukm chiqardi. Bu haqda 22 mart, chorshanba kuni «Mediazona» xabar bermoqda.
Sud statistikasini o‘rgangan jurnalistlarning ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya garnizon sudlariga jami 536 ta shunday ish kelib tushgan va ularning soni har oy o‘sib bormoqda.
Eng keng tarqalgan ayblov - so‘roqsiz harbiy xizmat joyini tashlab ketish («samovolka»). Sudga shu kabi 471 ta ish kelib tushgan, deya xabar berdi nashr. Shu bilan birga, ko‘plab harbiylarga shartli qamoq jazosi berilyapti, bu esa ularni frontga qaytarish imkonini yaratadi, deb yozadi «Mediazona».
2022 yil sentabr oyining oxirida Rossiya Jinoyat kodeksining harbiy qismidagi moddalar safarbarlik yoki harbiy harakatlar davrida sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha yangi qismlar bilan to‘ldirildi. «Mediazona» ma’lumotlariga ko‘ra, yangi moddalar bo‘yicha jarayonlar 2022 yil noyabr oyida boshlangan.
21 mart kuni huquq himoyachisi Pavel Chikov ommaviy axborot vositalari materiallariga tayanib, Rossiya Oliy sudi yaqin orada harbiy jinoyatlar bo‘yicha o‘z amaliyotini o‘zgartirishini taxmin qildi. Xususan, harbiy qismni o‘zboshimchalik bilan tashlab ketganlik va harbiy xizmatchi ikki kundan kam vaqt davomida bo‘linmada bo‘lmagan hollarda jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi mumkin bo‘ladi, dedi u.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

23:54 / 14.07.2025
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin

21:01 / 14.07.2025
Tramp Rossiyaga Ukraina bilan kelishuvga erishish uchun 50 kun muhlat bermoqchi

20:19 / 14.07.2025
Rossiya sudi yozuvchi Boris Akuninni sirtdan 14 yillik qamoqqa hukm qildi

19:03 / 14.07.2025