O‘zbekiston | 14:11 / 23.03.2023
5020
1 daqiqa o‘qiladi

Hududlarda aholi yashash joyiga yaqin maydonlar o‘zlashtirilib, pilla klasterlari tashkil etiladi

Prezident raisligida oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish, bahorgi ekin mavsumini samarali tashkil etish bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: Kun.uz

Yig‘ilishda pillachilik va junchilik salohiyatidan yanada keng foydalanish zarurligi ta’kidlandi

Toshkent viloyatida 15 ming gektar, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm viloyatlarida 10 ming gektardan, Qoraqalpog‘istonda, Andijon, Namangan, Navoiy, Sirdaryo, Farg‘ona viloyatlarida 5 ming gektardan aholi yashash joylariga yaqin lalmi va yaylov maydonni o‘zlashtirib, pilla klasterlarini tashkil qilish zarurligi qayd etildi.

Bu yerlar Vetnam tajribasi asosida aholiga 1-2 gektardan ham tut, ham oziq-ovqat ekish uchun beriladi.

Oltinsoy, Sho‘rchi, Konimex, Nurota, Muborak, G‘uzor, Kattaqo‘rg‘on, Nurobod, Forish, Tuproqqal’a tumanlarida aholi yashash joylariga yaqin 10 ming gektardan lalmi va yaylov maydonda jun klasterlarini tashkil qilish topshirildi.

Mavzuga oid