Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan rasmiy tadbirlarda sovg‘a olish tartibi belgilandi
Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin bo‘lgan sovg‘a qiymati, shuningdek uni tasarruf etish tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Foto: Getty Images
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ishlab chiqqan nizomga ko‘ra, davlat fuqarolik xizmatchisi O‘zbekistondan tashqaridagi xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar, O‘zbekistonda o‘tkaziladigan xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlarda sovg‘a olishi mumkin. O‘zbekistondagi boshqa xizmat safarlarida sovg‘a olish mumkin emas.
Davlat fuqarolik xizmatchisi oladigan sovg‘a quyidagi talablarga javob berishi kerak: milliy qonunchilikda taqiqlanmagan ashyolar bo‘lishi; sovg‘a xalqaro va boshqa rasmiy tadbirda ixtiyoriy berilgan bo‘lishi; sovg‘a ochiq va oshkora qabul qilinishi; davlat organining obro‘siga putur yetkazmasligi; manfaatlar to‘qnashuvi yoki korrupsiyaviy omilni keltirib chiqarmasligi.
Davlat fuqarolik xizmatchisi sovg‘ani tadbirdan kelgandan so‘ng 3 ish kunida xo‘jalik bo‘limiga beradi va bunda dalolatnoma tuziladi. Sovg‘aning qiymati aniq bo‘lmasa, xo‘jalik bo‘limi uni baholaydi va uning qiymati BHMning 4 baravaridan (1,2 mln so‘mdan) ko‘p bo‘lmasa, sovg‘a davlat fuqarolik xizmatchisiga beriladi.
Sovg‘a qiymati BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lsa, u moliya-iqtisod bo‘linmasi tomonidan davlat organi balansiga kirim qilinadi hamda davlat organi ehtiyoji uchun foydalaniladi. Tez yaroqsiz holga keluvchi sovg‘alar (gul, shirinliklar), kanselyariya to‘plamlari (taqvim, buklet, plastmassali ruchka, kundalik va bloknot) sovg‘a sifatida rasmiylashtirilmaydi hamda ushbu sovg‘alar davlat fuqarolik xizmatchisida qoldiriladi.
Nizom talablari barcha davlat fuqarolik xizmatchilari uchun majburiy hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – halol dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Xitoy Toshkentda akkumulyatorlarni saqlash tizimini barpo etadi
O‘zbekiston | 14:34
-
Toshkent viloyatida advokat 20 ming dollar bilan ushlandi
O‘zbekiston | 14:25
-
Germaniyada bir yil ichida deportatsiyalar soni sezilarli darajada oshdi
Jahon | 13:58
Mavzuga oid

12:27 / 12.04.2025
Yo‘l harakati sohasidagi ayrim davlat xizmatlari raqamlashtiriladi

12:28 / 11.04.2025
IMV davlat xizmatchilariga haq to‘lash tizimida kutilayotgan o‘zgarishlarga izoh berdi

19:09 / 10.04.2025
Davlat xizmatchilariga qo‘shimcha to‘lovlar to‘lash mexanizmlari bekor qilinishi mumkin

23:54 / 13.03.2025