“Birgina xatoning badali o‘lim” – ajal bilan yonma-yon yuradigan kasb egalari
Ikki oy oldin Andijondagi hayvonot bog‘ida ayiq qafasiga kirgan xodimga tashlanib, uni tishlab o‘ldirgandi. Kun.uz muxbiri mazkur hayvonot bog‘ida bo‘lib, yirtqichlar va hayvon boquvchilar hayoti haqida reportaj tayyorladi.

Hayvonot bog‘larida tomoshabinlarga panjara ortidan biroz yuvosh ko‘rinadigan yirtqich har qanday holatda yirtqichligini qilib qolishi mumkin. Ammo barcha hayvonlar qatorida ularni ham boqish, oziqlantirish kerak bo‘ladi. Albatta, bu anchagina xavfli bo‘lgan ish. Kichkinagina e’tiborsizlik ham hayvon boquvchisining hayotini xavf ostida qoldirishi mumkin. Shu sababli, sher, yo‘lbars yoki ayiqning qafasiga kirish ajal bilan yonma-yon turishdek gap.
Yirtqich hayvonlar qanday boqiladi, ular nimalar bilan oziqlanadi? Umuman, hayvon boquvchilarning kasbi qay darajada xavfli? Kun.uz muxbiri Andijon hayvonot bog‘ida bo‘lib, ushbu kasb egasi bilan suhbatlashdi.
Mazkur hayvonot bog‘ida hozirgi kunda 9 nafar hayvon boquvchisi ishlaydi. Ehtiyotizlik yoki belgilangan tartiblarga rioya etmaslik ular uchun doimo xavfli.
“Yirtqich hayvonlar qafasiga 2-3 kishi bo‘lib kiramiz: bir kishi tashqarida turadi, ikki kishi ichkarida hayvonlarga ozuqa beradi. Yirtqich hayvonlarga e’tibor bilan qaraladi. Oldinroq sodir bo‘lgan holatga ham e’tiborsizlik sabab bo‘lgan. Sherigimiz ayiq meni yaxshi ko‘rib qoldi, deb o‘ylab qafasga yolg‘iz kirgan. Agar qafaslarni qulflab kirganida halok bo‘lmasligi mumkin edi.
Yirtqich hayvonlarning xotirasi bir yilda yangilanadi. Shuning uchun ular bir yoshga yetgunicha o‘zimiz oldiga kirishimiz mumkin. Biroq bir yoshdan so‘ng qafasini alohida qilamiz va oldiga umuman kirmaymiz”, – deydi hayvon boquvchi Rejabali Yo‘ldoshev.
Hayvonot bog‘idagi yirtqichlarni qo‘lga o‘rgatib bo‘lmaydi. Ular sirkdagilardan farq qiladi. Bu kasbning ham o‘ziga yarasha qiyinchiliklari bor.
“Katta sher va yo‘lbarslarga 15-20 kilogrammdan sifatli toza go‘sht beriladi. Sal aynigan go‘sht kasal qilib qo‘yishi mumkin. Yovvoyi hayvonlarga katta-kichikligiga qarab ozuqa beriladi”, — deya ta’kidlaydi boquvchi Rejabali Yo‘ldoshev.
Andijon hayvonot bog‘ida ayni paytda sher, yo‘lbars, ayiq, bo‘ri va boshqa yirtqichlar boqilmoqda.
Abduvali Qurbonov
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Rus askari faqat o‘lim va halokat keltiradi» - Ukraina TIV Putinning so‘zlari haqida
Jahon | 01:59
-
Yevropa Ittifoqi Rossiya nefti narxining yuqori chegarasini pasaytirishdan bosh tortdi – OAV
Jahon | 01:30
-
«Tolibon» Rossiyaga minglab mehnat migrantini yuborishga kelishib oldi
Jahon | 00:59
-
AQSh Iordaniyaga F-22 qiruvchi samolyotlarini yubordi
Jahon | 00:40
Mavzuga oid

00:51 / 18.06.2025
«Andijon do‘ppisi» va «So‘qoq somsasi» geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatga olindi

09:53 / 15.06.2025
Andijonda temiryo‘ldagi sisternaga chiqqan erkakni tok urdi

22:20 / 13.06.2025
Andijonda temiryo‘l sisternasiga chiqqan erkakni tok urdi

22:28 / 03.06.2025