Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Axborot siyosatining samaradorligi nima bilan o‘lchanadi?
Matbuot erkinligi, erkin axborot oqimlari – davlat institutlari va mulozimlaridan muammolari yillar davomida to‘planib qolgan O‘zbekiston jamiyati bilan samarali muloqot qilish va yechim topish borasida yuqori malaka talab qiladi.

“Kelajakni xotirlab” dasturining o‘tgan sonida “O‘zbekistonda to‘liq senzura o‘rnatilsa, buning davlatga qanday oqibatlari bo‘ladi?” savoli atrofida fikrlashdik.
Lekin ushbu masala bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa muhim savollar ham bor. Ya’ni “nima uchun islohotlarga intilayotgan davlatlarda ham, hukumatlar erkin va jo‘shqin axborot oqimlaridan cho‘chishadi?” “Nima uchun qattiq avtoritarizmdan voz kechgan davlatlar ham erkin axborot oqimlarini sekinlatishga intilishadi?”
O‘zbekistonda axborot oqimlari, axborot siyosatini tahlil qilishda uchta muhim komponent, unsurning hozirgi holati haqida gapirish mumkin.
Birinchisi,ijtimoiy kayfiyat. O‘zbekiston 2016 yilga qadar juda yopiq davlat edi. Jamiyatning qarashlari, kayfiyatlari kanallashtirilmadi, odamlarning maishiy, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa muammolari eshitilmadi.
Aksincha, ijtimoiy muammolar qattiq va tizimli bir shaklda bostirildi. Natijada, jamiyatda, tabiiy ravishda davlatga ishonchsizlik kristallashdi, jizzakilik, ya’ni frustratsiya chuqurlashdi.
Ijtimoiy ong bu – jonli jarayon. Jamiyatning ijtimoiy kayfiyati muttasil bostirilgach, davlatga ishonmaslik va u bilan kurashishga moyillik – ijtimoiy ongdagi eng markaziy qarashlardan biriga aylandi. Haliga qadar mana shu qarash yo‘qolgani yo‘q, davlat bilan hamkorlik siyosiy madaniyati mustahkam shakllangani yo‘q.
Ikkinchi unsur bu – OAVning bugungi holati. Keyingi yillarda O‘zbekistonda so‘z erkinligi – davlatni normallashtirish, ijtimoiy muammolarni samarali kanallashtirish vositasi sifatida ko‘rildi. Haqiqatda ham erkin matbuot, shijoatli OAV – butun dunyoda jamiyatning muammolarini bilish va ularga munosabat bildirishning eng kuchli vositasi hisoblanadi.
Uchinchi unsur bu – davlat va hukumatning malakasi. Hozirgi davr taqozo qiladiki, ochiqlik sharoitida, globallashayotgan davrda ishlay oladigan davlat institutlari va mulozimlariga ehtiyoj oshib bormoqda.
Matbuoti to‘liq erkin, OAV erkin ishlaydigan davlatda, hokimiyatga juda katta vazifalar, bosimlar paydo bo‘ladi. Globallashgan zamonda, ijtimoiy tarmoqlar soat sayin rivojlanib borayotgan davrda, axborot oqimlari bilan samarali kurashib bo‘lmaydi. Agar OAVga bosim qilib, ular nazoratga olinsa, axborot oqimlari shu zahoti mustaqil va global bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlarga va xorijiy axborot kanallariga o‘tib ketadi.
Agar erkin matbuot, OAV jamiyatdagi kompleks muammolarni tezkor va erkin kanallashtirishda davom etsa va bu muammolar bilan ishlash borasida davlatda yetarlicha malaka bo‘lmasa, bu jamiyatda ijtimoiy zo‘riqishlar, portlashlar kutiladi. Ya’ni jamiyatda chorak asr davomida to‘planib qolgan muammolar, noroziliklar bor.
Nima uchun O‘zbekiston sharoitida davlat axborot oqimlarini sekinlatishdan manfaatdor? Chunki hali ko‘plab davlat institutlari va mulozimlarining jamiyat bilan sifatli muloqot qilish malakasi shakllanmadi, rivojlanmadi.
Lekin hozirgi davrda davlatning aynan mana shu malakasi so‘z va fikr erkinligini ta’minlashda, ijtimoiy barqarorlikni kuch ishlatmasdan ta’minlashda, davlatning global reputatsiyasini ijobiylashtirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Davlat o‘zining aynan shu malakasini o‘stirishda, tezlashishi katta zarurat bo‘lib qolaveradi.
Kamoliddin Rabbimov,
siyosiy tahlilchi
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Buloqboshida yana toshqin xavfi: aholi Janubiy Farg‘ona kanalida suv sathi ko‘tarilganidan xavotirda
Jamiyat | 22:27
-
Fransiya va Britaniya yadroviy tiyib turish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi
Jahon | 22:19
-
Xitoyda Shinjon-Uyg‘ur avtonomiyasi amaldori o‘limga hukm qilindi
Jahon | 22:15
-
“Medgorodok”dagi kabi voqea takrorlanmasligiga kafolat bormi?
Jamiyat | 21:53
Mavzuga oid

20:36 / 28.06.2025
Telegram bir nechta OSINT kanallarni blokladi

18:39 / 27.06.2025
Davlat idoralarining omma bilan normal muloqot qilish tajribasi yo‘q - media olami vakillari bilan suhbat

19:36 / 26.06.2025
Kun.uz muharriri Aziz Qarshiyev va siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov davlat mukofoti bilan taqdirlandi

09:51 / 26.06.2025