Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropaning aviakosmik poytaxti - Tuluzada Mirzo Ulug‘bek haykali ochildi

Foto: Dunyo
O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida hududlararo diplomatiyani rivojlantirish doirasida Yevropaning aviakosmik poytaxti - Tuluza shahrida joylashgan Fransiya Fuqarolik milliy aviatsiyasi instituti hududida buyuk astronom olim, matematik va davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek haykali ochildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Tuluza shahrida Mirzo Ulug‘bek haykalining tantanali ochilish marosimida O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi, Samarqand viloyati hokimligi delegatsiyasi, Tuluza shahri meriyasi, Fransiya kosmik tadqiqotlar instituti, Fuqarolik milliy aviatsiyasi instituti rahbariyati va ushbu mamlakatning ilmiy-akademik, madaniy va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston elchisi Sardor Rustambayev, Mirzo Ulug‘bek merosini targ‘ib etish maqsadida bunyod etilgan ushbu yodgorlik O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatilganining 31 yilligi doirasida o‘tkazilayotgani ramziy ma’noga ega ekanligini ta’kidlar ekan, Mirzo Ulug‘bekning jahon tamadduni rivojlanishiga qo‘shgan hissasi, xususan, astronomiya sohasidagi ulkan kashfiyotlari to‘g‘risidagi fikrlarini o‘rtoqlashdi.
Fransiya Fuqarolik milliy aviatsiyasi instituti bosh direktori Olive Shansu Mirzo Ulug‘bek haykali uchun O‘zbekiston hukumatiga minnatdorlik bildirdi. Uning aytishicha, ushbu yodgorlik orqali ko‘plab fransiyalik talabalar aviatsiya sohasida o‘ta muhim hisoblanadigan matematika, fizika, astronomiya kabi fanlar rivojida Mirzo Ulug‘bekning muhim o‘rni borligini bilib olishadi.
Ta’kidlash kerakki, Mirzo Ulug‘bek haykalini Tuluza shahrida o‘rnatish borasidagi kelishuv O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasining 2020 yilda Tuluza shahri meriyasi rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvi doirasida muhokama qilingan.
Mirzo Ulug‘bekning misdan barpo etilgan haykali muallifi - samarqandlik haykaltarosh Umirzoq Sharipov. Ushbu yodgorlikning bo‘yi 240 santimetrni tashkil etadi.
Tavsiya etamiz
Yangi O‘zbekistonda daraxtlar suvsizlikdan qurib boryapti
O‘zbekiston | 15:21 / 02.08.2025
Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi
O‘zbekiston | 10:44 / 02.08.2025
Voyaga yetmagan shaxs «sudlanmagan» deb hisoblanishi belgilanmoqda
O‘zbekiston | 23:00 / 01.08.2025
Andijonda alimentdan qochib yurgan erkak hiyla bilan tuzoqqa tushirildi
Jamiyat | 22:24 / 01.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Okean bo‘yidagi hayot umr ko‘rish davomiyligini uzaytirishi mumkin
Sog‘lom hayot | 22:12
-
Chorvoqdagi kurort talablari, Surxondaryodagi yong‘in va QR kodli qurilish obektlari – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:02
-
Saksovulfurushlarni ta’qib qilib, hujumga uchragan inspektorlar taqdirlandi
O‘zbekiston | 21:55
-
Bangladeshda sobiq bosh vazir Shayx Hasina ustidan sirtdan sud boshlandi
Jahon | 21:32
Mavzuga oid

09:02
Mirzo Ulug‘bekning "Ulug‘bek Ziji" asari ilk bor to‘rt tilda nashr etildi

21:45 / 28.05.2025
Toshkentdagi ko‘chalardan biri 30 maygacha yopiladi

18:07 / 22.05.2025
Toshkentdagi ko‘chalardan biri 24 maygacha yopildi

11:09 / 22.03.2025